“Ahbor-Reyting” reyting agentligi MKBANKning milliy shkala bo‘yicha kredit qobiliyati reytingini “YUQORI”, prognozini esa “Barqaror” (uzA) darajasida belgiladi.

Mazkur reyting bankning barqaror moliyaviy holatini, mijozlar va hamkorlar oldidagi majburiyatlarni bajarishdagi ishonchliligini, shuningdek, amalga oshirilayotgan rivojlanish strategiyasining samaradorligini tasdiqlaydi.

“Barqaror” prognozi bankning moliya bozoridagi mustahkam pozitsiyalarini va faoliyatining ijobiy dinamikasini ifodalaydi hamda investorlar va xalqaro hamkorlar ishonchining yuqori darajada ekanligini ko‘rsatadi.

“Mikrokreditbank” ATB moliya bozoridagi o‘z o‘rnini yanada mustahkamlash, zamonaviy bank texnologiyalarini joriy etish va mijozlarga sifatli hamda qulay bank xizmatlarini taqdim etishda davom etadi.