| Valyuta | Sotib olish | Sotish | O‘zb MB |
|---|---|---|---|
USD | 11935 | 12050 | 11990.54 |
EUR | 12800 | 13200 | 13136.84 |
RUB | 155 | 146.24 | |
GBP | 15500 | 16500 | 15694.42 |
CHF | 14000 | 15000 | 14293.17 |
JPY | 50 | 100 | 75.31 |
Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

| Т/р | Kredit ajratishning asosiy shartlari | Shartlar mazmuni | ||||||||||||
| 1 | Kredit oluvchilar |
Tadbirkorlik subyektlari - Kichik va mikro tadbirkorlik subyektlari: O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan kichik biznes toifasiga kiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT). - Ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar: Yirik buyurtmachiga tovar yetkazib beruvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mahalliy korxonalar. - Offteyk shartnomasi egalari: Lider korxona yoki yirik buyurtmachi bilan kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulotni sotib olish bo‘yicha qonuniy kuchga ega bo‘lgan, uzoq muddatli (odatda 1-yildan kam bo‘lmagan) shartnoma imzolagan tadbirkorlar. |
||||||||||||
| 2 | Kredit maqsadi | Aylanma mablag‘larni to‘ldirish hamda shartnomaviy majburiyatlarni bajarishni moliyalashtirish | ||||||||||||
| 3 | Kredit valyutasi |
Milliy valyutada (so‘m); |
||||||||||||
| 4 | Kredit muddati | 48 oygacha – 25 %. | ||||||||||||
| 5 | Kredit miqdori |
Offteyk shartnomasi yillik qiymatining 75% gacha (2 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda) |
||||||||||||
| 6 | Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat | 6 oygacha | ||||||||||||
| 7 | Kredit ajratish shakli | Pul o‘tkazish yo‘li orqali. | ||||||||||||
| 8 | Yillik foiz miqdori |
O‘zgaruvchan foiz stavkada:
|
||||||||||||
| 9 | Taqdim etiladigan hujjatlar |
- Kredit buyurtma; - Biznes-reja yoki pul oqimlari prognozi; - Faoliyat uchun talab etiladigan hollarda litsenziya yoki tegishli tashkilotlar xulosasi; - Yuridik shaxs bo‘lsa, mulkdorlarning kredit olish va garovga qo‘yishga roziligi; - Faoliyatni amalga oshirish yoki bino-inshootdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar; - Kredit ta’minoti hujjatlari; - O‘rganish davomida qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. |
||||||||||||
| 10 | Asosiy qarz va foiz to‘lash tartibi | Annuitet yoki differensial. | ||||||||||||
| 11 | Kredit ta’minoti | Offteyk shartnomasi bo‘yicha kelajakda tushadigan pul mablag‘lari hamda kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha 50% gacha sug‘urta polisi. | ||||||||||||
| 12 |
Boshqa shartlar |
Qo‘shimcha ta’minot (majburiy): - Kredit oluvchining bankdagi maxsus hisobvarag‘iga (eskrou yoki maqsadli hisob) tushadigan mablag‘lar blokirovkasi; - Offteyk shartnomasi bo‘yicha yetkazib beriladigan tayyor mahsulot va xomashyolar garovi; - Korxona ta’sischilarining shaxsiy kafilligi. Kichik tadbirkor (Qarz oluvchi): - Kamida 1 (bir) yil davomida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi; - Offteyk shartnomasida ko‘rsatilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun texnik va texnologik hamda yetkazib berish tajriba va imkoniyatga ega bo‘lishi; - Soliq va boshqa kreditlardan muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi. Lider korxona (Buyurtmachi): - Yuqori kredit reytingiga ega bo‘lgan yirik korxona, davlat organi yoki transmilliy kompaniya bo‘lishi; - Moliyaviy holati barqaror (bank tomonidan an’anaviy skoring qilinadi). Uch tomonlama Bitim: - Bank, Kichik tadbirkor va Lider korxona o‘rtasida uch tomonlama kelishuv tuziladi. Lider korxona mahsulot uchun to‘lovlarni faqat Kichik tadbirkorning “Mikrokreditbank” ATBda ochilgan maxsus hisob raqamiga o‘tkazish majburiyatini oladi. Avtomatik so‘ndirish: - Maxsus hisob raqamga pul kelib tushganda, bank birinchi navbatda kreditning oylik to‘lovini (asosiy qarz va foiz) yechib oladi, qolgan mablag‘ tadbirkorning ixtiyoriga qo‘yib yuboriladi.
Sug‘urta: Offteyk shartnomasi bo‘yicha mahsulot yetkazib bera olmaslik xavfi (ishlab chiqarishdagi fors-major) sug‘urta kompaniyasi tomonidan sug‘urtalanadi va sug‘urta polisi bank foydasiga garovga olinadi. |
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.