Mevachilik plantatsiyalarini barpo etish
Hech qanday yashirin komissiyalar va kutilmagan to‘lovlar yo‘q — siz hammasini oldindan bilasiz. Halol kreditlar. Tushunarli shartlar. Vaqt sinovidan o‘tgan ishonch.

Kreditni jadval bo‘yicha yoki muddatidan oldin, sizga qulay bo‘lgan istalgan usulda to‘lang — mobil ilova, internet-bank, bankomat yoki filial orqali. Tez va komissiyasiz.

Mikrokreditbank — deyarli 20 yillik barqaror faoliyati bilan tadbirkorlar va oilalar farovonligi yo‘lida ishlaydi.

| “Barakali bogʻ” krediti | ||
|
|
||
| № | Kreditni asosiy shartlari | Shartlar mazmuni |
| 1 | Moliyalashtirish manbasi |
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)ning “Meva-savzavotchilik tarmogʻida qoʻshilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasi |
| 2 | Kredit oluvchilar | Tadbirkorlik subyektlari |
| 3 | Loyihalarni amalga oshirish manzili | Qashqadaryo viloyatining Kitob, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Chiroqchi va Qamashi tumanlari |
| 4 | Kredit maqsadi | Mevachilik plantatsiyalarini barpo etish |
| 5 | Moliyalashtirish valyutasi | Milliy valyuta – soʻm |
| 6 | Kreditning miqdori |
3 mln. AQSH dollari ekvivalentigacha (Loyihaning biznes reja/TIAsidan kelib chiqqan holda) |
| 7 | Kredit muddati |
120 oygacha (Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan tuzilgan Bosh bitim doirasida belgilangan oxirgi muddatidan oshmagan holda) |
| 8 | Asosiy qarz va foiz toʻlovi boʻyicha imtiyozli muddat |
Foiz va asosiy qarzga 36 oygacha (Imtiyozli davrda hisoblangan foiz to‘lovlari ohirgi 5 yilga teng taqsimlangan holda qaytariladi) |
| 9 | Qarz oluvchining oʻz ulushi |
20% dan kam bo‘lmagan miqdorda. Shuningdek, mijoz o‘ziga tegishli bo‘lgan to‘liq yer mulki bilan qatnashadi |
| 10 | Bir martalik to‘lov | Ma’qullangan loyihalarga ajratiladigan kredit mablag‘lari miqdorining 0,7 foiz miqdorida |
| 11 | Kreditning foiz stavkasi (yillik) | Markaziy bank asosiy stavkasida (O‘zgaruvchan). |
| 12 | Asosiy qarz va foiz toʻlash tartibi | Annuitet yoki differensial |
| 13 | Taʼminotga qoʻyilgan talab |
“Mikrokreditbank” ATB tizimida kredit yigʻma jildlarini shakllantirish va hujjatlarni rasmiylashtirish reglamenti talablari asosida; * Kredit taʼminotning 125 foiz miqdorigacha qaytmaslik xatari boʻyicha sugʻurta polisi olinishi mumkin (bunda, yaratilgan bog’larning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, qo’shimcha garov sifatida olinadi). |
| 14 | Boshqa shartlar |
- Tranzit hisobraqam orqali ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarz oluvchilar kelgusi 36 oy davomida asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamini ochishi; - Agar mijozning Kartoteka 2 bo‘yicha qarzdorliklari mavjud bo‘lsa, mutanosib ravishda debitor qarzdorliklari bo‘lishi lozim. - “Quva - Agro star” MCHJ tomonidan loyihalarning hayotiyligi va samaradorligi (bog’larning suv bilan ta’minlanganligi, tuproq unumdorligi va hokazo) yuzasidan xulosa olinadi. |
|
|
||
Kreditni so‘ndirish bo‘yicha oylik to‘lovlarni amalga oshirishning ikki usuli mavjud:
Manba: Finlit.uz
Kreditni so‘nidirish mobaynida qarz oluvchi quyidagi to‘lovlarni amalga oshiradi:
Kredit bo‘yicha foizlar umumiy tamoyillar asosida hisoblanadi – ya'ni, ma'lum muddatga (odatda 1 yilga) kreditning asosiy summasidan ulush (%) sifatida. Kredit muddati bir kalendar yilidan ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin, ammo bu foizlar hisoblanish mohiyatini o‘zgartirmaydi, kredit muddatidan kelib chiqib foizlar qayta hisoblanib boriladi.
Kredit bo‘yicha boshqa to‘lovlar bank komissiyasi, garovni baholash, sug‘urtalash va rasmiylashtirish hamda oylik to‘lovlarni kechiktirib to‘lash bo‘yicha jarima va penyalar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Manba: Finlit.uz
Yangi tartib doirasida Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditini olishda birgalikda qarz oluvchi sifatida, ipoteka kreditini oluvchi fuqaro bilan birga yashamaydigan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham daromadini inobatga olish mumkin. Bunda qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining pensiya to‘lovlari miqdori bilan birgalikda, foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlar; davlat soliq xizmati organi tomonidan deklaratsiya bilan tasdiqlangan jismoniy shaxslarning daromadlari hisobga olinadi.
Manba: Finlit.uz
Har qanday kreditni bank kassasi orqali naqd pul shaklida so‘ndirishingiz mumkin. Onlayn kreditlarni muddatidan oldin so‘ndirish imkoniyati kredit ofertasida, ya'ni shartnomasida ko‘rsatiladi. Ushbu shartlar bilan kreditni rasmiylashtirishdan oldin va rasmiylashtirayotganda tanishib chiqishni hamda kredit ofertasini mobil qurilmangiz xotirasiga saqlab qo‘yishingizni tavsiya qilamiz.
Manba: Finlit.uz
Mikroqarz mijoz arizasiga ko‘ra BHMning 150 barobarigacha miqdorida, naqd pulda ajratilsa yillik 28 % va plastik kartaga pul o‘tkazish yo‘li bilan yillik 27 % bilan, bir yilgacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
BHMning 150 barobarigacha, imtiyozli davrsiz, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 28 foiz bilan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan isteʼmol tovarlari va xizmatlarini sotib olish uchun ajratiladi.
Bankka quyidagi hujjatlar topshiriladi.
Barcha hujjatlar topshirilgandan so‘ng, ariza 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-avgustdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 527-sonli qaroriga asosan tartibga solinadi.
Kredit miqdori: talaba va OTM o‘rtasida tuzilgan to‘lov-kontrakt shartnomasi miqdorida.
Muddati: o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga.
Kredit foizi: Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida (hozirda 14 %)
Taʼlim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi OTMlar uchun faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun, kunduzgi taʼlim shakliga ajratiladi (super kontrakt uchun yoki maxsus sirtqi, kechki va sirtqi taʼlim shakllari uchun berilmaydi).
"Har bir oila – tadbirkor" dasturi doirasida imtiyozli kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi PQ-3777-sonli qaroriga asosan quyidagi shartlar asosida ajratiladi.
Jismoniy shaxslar uchun – Respublikada o‘rnatilgan BHMning (bugungi kunda BHM 270 ming so‘mni tashkil etadi) 150 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan ajratiladi.
Yuridik shaxslar uchun – BHMning 1000 barobarigacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan, 36 oygacha bo‘lgan muddatga, yillik 14 foiz bilan beriladi. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun, Hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-sonli qaroriga asosan imtiyozli kredit miqdori BHMning 250 barobarigacha;
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kredit BHMning 150 barobaridan ortiq bo‘lganda, kredit taʼminoti sifatida mol-mulk garovi taqdim qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga asosan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
Har bir jarayon boʼyicha, elektron SMS-xabarnoma keladi.

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!