Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

O'zbekistonning kreditlash tizimi jahon reytingida yuqori pog'onaga ko'tarildi

...
Yangilash: ...
Image
O'zbekistonning kreditlash tizimi jahon reytingida yuqori pog'onaga ko'tarildi

O'zbekiston rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o'rin egallash uchun dadil intilmoqda. Buning samarasi barcha sohalarda yaqqol namoyon bo'layapti. Chunonchi, mamlakatimizni iqtisodiy-ijtimoiy yuksaltirishga qaratilgan islohotlarning beqiyos samaralari xalqaro miqyosda ham haqli ravishda e'tirof etilmoqda.

Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi “Biznesni yuritish - 2015” (Doing business) bo'yicha mamlakatlarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston qulay ishbilarmonlik muhiti ko'rsatkichlari bo'yicha jahonning 189 davlati orasida oxirgi bir yil mobaynida 8 pog'ona ko'tarilib, 141-o'rinni egalladi.

“Kredit olish” indikatori bo'yicha esa reyting ko'rsatkichlarining bundan-da yuqori o'sish sur'ati ta'minlandi. Ya'ni o'tgan yildagiga nisbatan bir yo'la 26 pog'ona ilgarilab, 104-o'ringa chiqdi.

Ushbu natijalar, aytish kerakki, Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan taraqqiyotning “o'zbek modeli” samaralarini, makroiqtisodiy barqarorlik hamda chuqur tarkibiy yangilanishlarni o'zida ifoda etib turibdi. Shu bilan birga, mamlakatimizda yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti va biznes yuritishning tobora takomillashtirilib borilishi, albatta, qo'lga kiritilgan navbatdagi muvaffaqiyatimizning mustahkam poydevori bo'ldi.

Aytish joizki, keyingi yillarda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish borasida ko'plab aniq maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu jarayonda bank tizimi bosqichma-bosqich isloh etilib, ularning resurs bazasi mustahkamlandi. Pirovardida ko'rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari sifati tubdan yaxshilandi, ayniqsa, kreditlash va foiz siyosati barcha yo'nalishlarda keng ko'lam va miqyos kasb etdi.

Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining ushbu yillik hisoboti har yili muntazam e'lon qilib kelinadi. Bu galgi hisobotda dunyo davlatlaridagi biznes yuritish sharoiti turli mezonlarga binoan baholandi.

Xalqaro ekspertlarning fikricha, O'zbekiston “Kredit olish” indikatori bo'yicha reytingini yanada yaxshilash va yuqori o'sish sur'atlariga erishish uchun katta imkoniyatlarga ega. Binobarin, respublika Markaziy banki kredit axboroti almashinuvi hamda garov ta'minoti bo'yicha kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan muayyan tajriba to'plagan.

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston “Kredit almashinuvi indeksi” ko'rsatkichi bo'yicha mavjud 8 balli tizimda 7 ballga baholanishi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD)ga a'zo davlatlarga berilgan ko'rsatkichdan ko'ra ancha yuqoridir.

Umuman olganda, Jahon banki hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining bu yilgi xulosasi O'zbekistonda tarixan juda qisqa davr ichida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ijtimoiy hamda siyosiy barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizni taraqqiyot yo'lidan faol harakatlantiruvchi kuchga aylanganini, qulay ishbilarmonlik muhiti hamda mustahkam bank tizimi qaror topganini xalqaro miqyosda tasdiqladi.



Yana ko‘ring

17 Mart 2023

13 535 ta ta’lim krediti ajratildi

Mazkur kreditlar bo‘yicha jami ajratilgan kreditlar summasi 144,25 mlrd. so‘mni tashkil qilgan.
23 May 2022

“Mikrokreditbank”: 12 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi taʼminlandi

Ijtimoiy dasturlar doirasida 272 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga 11 990 nafar ayollar bandligi taʼminlandi.
9 Mart 2022

Mikrokreditbank kreditlari ko‘magida 5 mingga yaqin xotin-qizlar “Аyollar daftari” dan chiqarildi

Bank tomonidan “Аyollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand qatlamga biznes loyihalarni taqdim etish, tadbirkorligiga koʼmaklashish orqali 4 884 nafar ayollarga imtiyozli shartlarda kredit ajratildi.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X