Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11800
Sotish
11870
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11800
11870
11839.59
EUR
13000
14000
13569.35
RUB
140
140.42
GBP
15600
16600
15803.48
CHF
14200
15200
14342.33
JPY
50
100
75.01
Kurs 18.09.2026 16:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

...
Yangilash: ...
Image
 Parrandachilik bo‘yicha 179 ta loyihaga kreditlar ajratildi

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, inson sog‘lom bo‘lishi uchun bir yilda o‘rtacha 10 kilogramm parranda go‘shti va 100 dan ortiq tuxum iste’mol qilishi zarur. Chunki ular parhez mahsulotlari hisoblanib, inson organizmi uchun juda foydalidir.

Parranda go‘shti tez hazm bo‘lish xususiyatiga ko‘rabarcha turdagi chorva mollari go‘shtidan ustun turadi. Tarkibi har xil kimyoviy elementlarga boy. Mazkur elementlarni hisobga olgan holda, mamlakatimizda ham parrandachilik sohasining rivoji bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʼshimcha chora–tadbirlar toʼgʼrisida” 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qarori bilan respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash shuningdek, parrandachilik yoʼnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida bir qator imtiyozlar berildi.

Jumladan, qoʼshimcha qiymat soligʼi toʼlovchisi boʼlgan parrandachilik xoʼjaliklariga – oʼz xoʼjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 soʼm hamda parranda goʼshtining har bir kilogrammi uchun 2500 soʼm (24.01.2022 y. PQ-100) miqdorida respublika byudjetidan subsidiya ajratish joriy etildi.

Shuningdek, parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan korxonalarga banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar boʼyicha imtiyozlar berildi.

Xususan, 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagi maqsadlar uchun ajratilayotgan kredit boʼyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-quvvatlash davlat jamgʼarmasi hisobidan:

  • omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablagʼlarni toʼldirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard soʼmgacha boʼlgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq boʼlmagan qismi;
  • parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan 10 milliard soʼmgacha boʼlgan kredit foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 8 foiz punktidan ortiq boʼlmagan qismi qoplab beriladi.

Shu bilan birga, kam quvvatda ishlayotgan korxonalarning toʼliq quvvatda ishlashini taʼminlash va ozuqa zaxirasini shakllantirish maqsadida quyidagilar uchun kreditlar ajratilishi belgilangan:

  • parrandachilik xoʼjaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni toʼliq ishga tushirish uchun 24 oygacha boʼlgan muddatga aylanma mablagʼ ajratish va modernizatsiya qilish;
  • «Mikrokreditbank» АTBga yoʼnaltiriladigan maqsadli mablagʼlar hisobiga boshqa tijorat banklari orqali tadbirkorlik subʼektlariga ajratiladigan kreditlar ham moliyalashtirilishi mumkin.

Mikrokreditbank tomonidan qaror bilan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hududlarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mavjud parrandachilik korxonalari faoliyati inventarizatsiyadan oʼtkazilib, ularning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini tiklash va yanada oshirish boʼyicha aniq chora-tadbir belgilab olindi. Xususan, oʼtkazilgan qoʼshimcha oʼrganishlar natijasiga koʼra, parranda ozuqasi zahirasini zaxira qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish uchun hududlardan 201 ta tadbirkorlik subyektlari boʼyicha (181 tasiga ozuqa uchun aylanma mablagʼlar va 20 tasiga modernizatsiya uchun) 800 mlrd.soʼm bank kreditiga talab shakllandi.

Bugungi kunga qadar ushbu talab asosida jami 179 ta loyihaga 438,6 mlrd. soʼm kreditlar ajratib berildi.

Shuningdek, parrandalar uchun ozuqa-em ishlab chiqarishni qoʼllab-quvvatlash maqsadida, yillik quvvati 181 ming tonna tayyor ozuqa ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 5 ta loyihaga jami 80,3 mlrd. soʼm kreditlar berildi.

Mazkur loyihalar toʼliq amalga oshirilishi evaziga yiliga 1,3 mlrd. dona tuxum va 74 ming tonna parranda goʼshti yetishtirish hamda 180,5 ming tonna tayyor ozuqa ishlab chiqarish quvvatlari yaratiladi.

Parrandachilik yoʼnalishda loyihalarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha bank tomonidan ishlar davom ettirilmoqda.



Yana ko‘ring

18 Sentyabr 2026

MKBANK: murojaat — e’tiborda, yechim — amalda!

“Mergan” mahallasida MKBANK sayyor qabuli o‘tkazildi
18 Sentyabr 2026

Biznes boshlash uchun imkoniyatlar bir joyda!

MKBANK hamkorligida Uchko'prikda mini texnologiyalar yarmarkasi o‘tkazildi
18 Sentyabr 2026

AVTO EXPRESS KREDIT: TANLOV YANADA KENGAYDI

Maxsus transport vositasini xarid qilishda tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun qulay moliyaviy yechim
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X