Bank tomonidan 2021-yilda barcha moliyalashtirish manbaalari hisobidan jami 5,9 trln. soʼmlik kreditlar ajratilib, 95 mingga yaqin aholi bandligi va qoʼshimcha daromad manbalari yaratilishi taʼminlandi. Xususan:
1. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlariga asosan 2021-yil davomida 72 715 ta aholi va tadbirkorlik subyektlariga 2 048 mlrd.soʼmlik kreditlar ajratildi va natijada 81 mingdan ziyod yangi ish oʼrinlari yaratildi.
Jumladan, “Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida 52 613 ta mijozga 1 450 mlrd. soʼm, “Hunarmandchilik” yoʼnalishida 1 212 ta mijozga 40 mlrd. soʼm, PQ-4862-sonli qaror asosida 16 311 ta mijozga 477 mlrd. soʼm, Xotin qizlar va oilani qoʼllab-quvvatlash yoʼnalishida 1 884 ta mijozga 30,0 mlrd. soʼm, boshqa yoʼnalishlarda 695 ta mijozga 51 mlrd. soʼm yoʼnaltirildi.
Oilaviy tadbirkorlik yoʼnalishida ajratilgan kreditlar oʼtgan yilga nisbatan 611 mlrd. soʼmga oshgan.
Prezidentimiz murojaatnomasida yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularni ish bilan taʼminlash borasida bankimiz oldiga aniq vazifalar belgilab berildi.
2021-yilda bank tomonidan aholiga ijtimoiy dasturlar doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan 1 270 mlrd. soʼmlik (yoki 62 foizi) qismi 45 mingga yaqin yoshlarning oʼz biznesini tashkil etishi uchun yoʼnaltirildi va buning natijasida 49 mingga yaqin yoshlar bandligi taʼminlandi.
Shu bilan birga, "Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi"dan mart oyida ajratilgan 472,5 mlrd.soʼm mablagʼlar hisobidan maxsus sertifikatga ega 27 241 nafar yoshlarga 771,0 mlrd.soʼmlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
Har bir hududning, mahallaning “oʼsish nuqtalari”ni aniqlagan holda imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmini yoʼlga qoʼyilishi natijasida, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan imtiyozli kreditlar 611 mlrd. soʼmga yoki ikki barobarga, aholi bandligi taʼminlash koʼrsatkichi 27 mingtaga oʼsdi.
Xususan, oʼzini-oʼzi band qilish yoʼnalishida 10 392 ta jismoniy shaxslarga 234,4 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratildi.
Shu bilan birga, hududlarda ochilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan 28 mingga yaqin yoshlar, xotin-qizlar va aholining ehtiyojmand qatlami vakillari tadbirkorlik qilishlari uchun 633 mlrd.soʼmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Bundan tashqari, Hududlarda ishsizlik darajasi yuqori boʼlgan mahallalarni “oʼsish nuqtalari” aniqlanib, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining daromadi va xarid qobiliyatini oshirish maqsadida 60 nafar “etakchi tadbirkor”larga 85,0 mlrd. soʼmlik kredit liniyaisi ochilib, birinchi bosqichda 34,0 mlrd.soʼm imtiyozli kredit ajratib berildi.
2022-yilda mazkur ishlarni tizimli davom ettirgan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 3 ta bankka 10,0 trln.soʼm mablagʼ ajratilishi muhtaram Prezidentimiz tomonidan belgilab berildi, ushbu mablagʼlarning asosiy qismi mahallalardagi daftarlarga kiritilgan ehtiyojmand aholiga ajratilishi belgilab olindi.
2. Investitsion dasturlar doirasida jami 246 ta loyihaga 1 429 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratilishi va loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 4 732 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.
Xususan, ushbu yoʼnalishda qishloq xoʼjaligi sohasida 1 065 ta, sanoat sohasida 3 089 ta hamda xizmat koʼrsatish sohasida 578 ta aholining bandligi taʼminlandi.
3. Hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlari doirasida 2021 yil davomida bank tomonidan ajratilgan 1 946 mlrd. soʼm miqdoridagi kreditlar hisobiga 1 254 ta yangi loyihalar ishga tushirildi.
Buning natijasida jami 12 529 ta yangi ish oʼrinlari, xususan, qishloq xoʼjaligi sohasida 2 069 ta, sanoat sohasida 7 021 ta hamda xizmat koʼrsatish sohasida 3 272ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.
4. Muhtaram Prezidentimizning “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʼshimcha chora–tadbirlar toʼgʼrisida” 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qaroringizga asosan bank tomonidan parrandachilik korxonalarining aylanma mablagʼlarini toʼldirish va mavjud quvvatlarni oshirish maqsadida kreditlar ajratish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda mavjud parrandachilik korxonalari faoliyati inventarizatsiyadan oʼtkazilib, ularning mavjud ishlab chiqarish salohiyatini tiklash va yanada oshirish boʼyicha aniq chora-tadbir belgilab olindi.
Xususan, inventarizatsiya natijalariga koʼra, parranda ozuqasi zahirasini jamlash va ishlash chiqarish quvvatlarini oshirish uchun hududlardan 201 ta tadbirkorlik subʼektlari boʼyicha (181 tasiga ozuqa uchun aylanma mablagʼlar va 20 tasiga modernizatsiya uchun) 800,6 mlrd.soʼmlik bank kreditiga talab shakllandi.
Mazkur ajratilishi belgilangan 800,6 mlrd. soʼmlik kreditlarning 607 mlrd. soʼmlik qismi 116,9 ming tonna parranda ozuqasi (bugʼdoy va makkajoʼxori doni, kungaboqar va soya shroti hamda oʼsimlik yogʼi), 144,8 mlrd. soʼmlik qismi 12,3 mln. bosh joʼja sotib olishga hamda 48,7 mlrd. soʼmlik qismi turli uskunalar (yem ishlab chiqarish va parranda boqish uskunalari) sotib olish uchun ajratilishi belgilangan.
Mazkur loyihalarning toʼliq amalga oshirilishi evaziga parranda bosh soni hozirgi mavjud 5 939 ming boshdan 10 959 ming boshga, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koʼrsatkichi hozirgi 43 foizdan 79 foizga yetishi rejalashtirigan. Natijada yiliga qoʼshimcha 1 265 mln. dona tuxum va 74,4 ming tonna parranda goʼshti, 180,5 ming tonna parranda ozuqasi yetishtirish quvvatlari yaratilishi kutilmoqda.
Oʼtgan 2021-yilda mazkur loyihalarning 182 tasiga 444,2 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratildi. Shundan, Mikrokreditbank tomonidan 170 ta loyihaga 402,0 mlrd. soʼm, boshqa banklar (Qishloqqurilishbank, Turonbank va Savdogarbank) tomonidan 12 ta loyihaga 42,2 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratildi.
Аjratilgan kreditlarning 329 mlrd. soʼmi 62 ming tonna parranda ozuqasi sotib olishga, 85,6 mlrd. soʼmi 6,8 mln. bosh joʼja sotib olishga hamda 12,6 mlrd. soʼm parrandachilik uskunalari xarid qilishga yoʼnaltirildi.
Kredit ajratilgan 182 ta loyihaning toʼliq ishga tushirilishi natijasida parranda bosh soni hozirgi mavjud 3 979 ming boshdan 6 925 ming boshga, ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koʼrsatkichi hozirgi 46 foizdan 80 foizga yetishi kutilmoqda.
5. Quyonchilikni rivojlantirish maqsadida respublika hududlarida 2021 yil davomida 66 ta quyonchilik xoʼjaliklariga 168,4 mlrd. soʼmi, 1 639 ta jismoniy shaxslarga oʼz xonadonida quyonchilikni rivojlantirish maqsadi 40,5 mlrd.soʼmi uchun yoʼnaltirildi. (Mazkur sohaga 2017-2021 ajratilgan jami kreditlar miqdorida 4 773 ta mijozda 453,6 mlrd.soʼmni tashkil etmoqda.)
6. 2021-yil davomida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5242-sonli Farmoni ijrosi doirasida bank tomonidan 1 212ta mijozga 40,0 mlrd. soʼm miqdorda kreditlar ajratilishi taʼminlandi.