
MKBANKda FOTON kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda SINOSURE (China Export & Credit Insurance Corporation), FOTON va “SAMIST AUTO” MChJ vakillari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, FOTON tijorat transport vositalarini moliyalashtirish imkoniyatlari hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni muhokama qildilar.

Avvalroq MKBANK va FOTON o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tadbirkorlar uchun qulay moliyaviy yechimlar yo‘lga qo‘yilgan edi.
Navbatdagi uchrashuvda esa o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi moliyaviy mexanizmlarni ko‘rib chiqish va biznes vakillari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

















