
Davlatimiz rahbari raisligida 3-sentabr kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Buxoro viloyatining Romitan tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda “Mikrokreditbank” ATB rahbariyati va tuman hokimi ishtirok etdi. Uchrashuvda tadbirkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish, aholi bandligini ta’minlash hamda biznesdagi muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan moliyaviy va nomoliyaviy xizmatlar haqida ma’lumot berildi.
Muloqot davomida istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratish va aholini kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

















