Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11860
Sotish
11970
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11860
11970
11913.35
EUR
12700
13700
13328.66
RUB
150
142.39
GBP
15100
16100
15779.23
CHF
13800
14800
14312.05
JPY
50
100
75.32
Kurs 14.10.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

MUROJAATLAR ORTIDA INSON MANFAATLARI BOR

...
Yangilash: ...
Image
MUROJAATLAR ORTIDA INSON MANFAATLARI BOR

Mikrokreditbank tizimida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash alohida e’tibor qaratiladigan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Bank tizimida mehnat foaliyatini olib borayotgan mutaxassislar har bir murojaat ortida inson taqdiri turganligini chuqur anglagan holda, ularda ko‘tarilgan masalalarni e’tibordan chetda qoldirmaslikka, o‘rganish ishlari natijalari bilan ularni fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilishga harakat qilishmoqda.

Misol uchun 2026-yilning o‘tgan sakkiz oy mobaynida bankka yuqori instansiyalar orqali hamda toʻgʻridan-toʻgʻri jami 3 461 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 458 tasini (13,2 foizi) yuridik shaxslar, 3 003 tasini (86,8 foizi) jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Ushbu murojaatlarning 3 057 tasi belgilangan muddatidan oldin, 404 dan ortiq murojaat belgilangan muddatda koʻrib chiqildi.

photo_2026-09-11_18-20-44.jpg

Aholi va tadbirkorlar tomonidan yuborilayotgan murojaatlar sabablari oʻrganilib, har bir yoʻnalishlar boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi hamda tahlil qilib borilishi natijasida oʻtgan yilning mos davriga nisbatan davlat dasturlari, ipoteka, taʼlim, mikroqarz ajratish (74 taga), tijorat krediti ajratish (60 taga), oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi murojaatlar esa (148 taga kamaydi.

photo_2026-09-10_20-58-44.jpg

Bank Boshqaruvining har oy yakuni boʻyicha qarorlarida bankning hududiy boʻlinmalariga murojaatlar bilan ishlashni samarali tashkil etish, murojaat tushgan kundan boshlab ijrosiga tezkor kirishish, bankka murojaat qilib kelgan fuqarolarning masalalarini joyida hal etish borasida zaruriy topshiriqlari o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Buni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlar soni kamaygani ham isbotlab turibdi.

IMG_20260911_110501.jpg

Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublika boʻyicha Prezident virtual va Xalq qabulxonalariga yuborilgan murojaatlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 657 taga kamaygan.

Shu bilan birga sohada qilinadigan ishlarimiz talaygina. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hisobot davrida eng koʻp murojaatlar, Namangan, Surxondaryo, Qashqadaryo, Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri hududiy boshqarmalari hissasiga toʻgʻri kelgan.

Albatta, murojaatlar tushayotgan hududlar kesimida ma’lumotlar tahlil qilinib, masalaning kelib chiqish negizlari ham o‘rganib borilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, bankka toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilish, tizimli kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga Davlat rahbarining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” oʻtkazish boʻyicha Respublika shtabiga kelib tushgan murojaatlarni tezkor koʻrib chiqish ishlariga ham e’tibor qaratildi.

photo_2026-09-10_20-58-43.jpg

Respublika shtabi orqali bankka kelib tushgan jami 111 ta murojaatning 36 tasi ijobiy hal etildi, 75 tasiga huquqiy tushunchalar berildi.

Respublika shtabiga kelib tushgan murojaatlarni oʻz vaqtida operativ koʻrib chiqish, murojaat kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan omillar, tizimli kamchilik va muammolarni bartaraf etish va murojaatlarga tezkor javob berish maqsadida 7 ta tarkibiy boʻlinmalarga 50 ta tavsiya xatlari taqdim etildi.

Bundan tashqari, hududlarda aholi va tadbirkorlar ishtirokida 184 ta sayyor qabullar tashkil etilib, 1,5 mingga yaqin aholi va tadbirkorlarning murojaatlari ham koʻrib chiqildi. Mazkur sayyor qabullar davomida 1375 ta murojaat ijobiy hal etilib, shundan 1188 nafariga 37,5 mlrd. soʻm miqdorida kredit ajratilgan boʻlsa, 119 nafar murojaat mualliflariga huquqiy tushunchalar berildi.

Shuningdek, bank Boshqaruvi tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan 63 ta uchrashuv va ochiq muloqotlar tashkil etildi. Mazkur uchrashuvlarda tushgan 635 ta murojaatning 625 tasi ijobiy hal etildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Mikrokreditbank tizimida aholi va tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash tizimi yangi bosqichga chiqmoqda. Zero, har bir murojaat zamirida inson manfaati bor, uni ta’minlash esa har birimizning vazifamizga kiradi.

Obidjon Rahmatov,

“Mikrokreditbank” ATB Murojaatlar

bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i.



Yana ko‘ring

14 Oktyabr 2026

"Mikrokreditbank" ATBni "Kichkintoylar" NTM bo'yicha rasmiy munosabati!

Mazkur holat bo’yicha murojaat bank tomonidan amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil o’rganildi.
13 Oktyabr 2026

Mikrokreditbank va Yutong Hong Kong hamkorlikni rivojlantirmoqda

Xitoy yuanida (CNY) kredit liniyasini jalb qilish masalalari muhokama qilindi
13 Oktyabr 2026

Ijtimoiy tarmoqlarda PF 2026-yil 11-sentabrdagi PF-193 yuzasidan bildirilgan fikrlar bo‘yicha

“Mikrokreditbank” ATB o‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik hujjatlari va belgilangan tartiblar asosida amalga oshiradi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X