Joriy yilning 29-mart kuni “Milliy matbuot markazi”da “Mikrokreditbank” АTB tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar” toʼgʼrisida matbuot anjumani oʼtkazildi.

Ushbu tadbirni “Mikrokreditbank” АTB Boshqaruvi aʼzosi, departament direktori Аlisher Mustafaev ochib, bank tomonidan oʼtgan yilda amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisida maʼlumot berdi.

Xususan, bugungi kunda bankning 71 ta filiali, 90 ta bank xizmatlari markazi, 24 ta mini-banki, 120 ta oʼz-oʼziga xizmat koʼrsatish ofisi, 150 ta maxsus kassalari faoliyat yuritib, 250 mingga yaqin yuridik shaxsga, 1 250 mingdan ortiq jismoniy shaxsga xizmat koʼrsatmoqda.

2021 yilda bank aktivlari 31 foizga, kredit potfeli 27 foizga, depozitlar qoldigʼi 31 foizga, shundan aholi omonatlari qoldigʼi 29 foizga oʼsdi. Oʼtgan yilda barcha moliyalashtirish manbaalari hisobidan jami 5,9 trln. soʼmlik kreditlar ajratilib, 95 mingga yaqin aholi bandligi taʼminlandi. Xususan:
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturiga asosan, 72 715 ta aholi va tadbirkorlik subʼektiga 2 048 mlrd.soʼmlik kreditlar ajratildi va 81 mingdan ziyod yangi ish oʼrni yaratildi.

Maʼlumki, Prezidentimiz murojaatnomasida yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish va ularni ish bilan taʼminlash borasida bank oldiga aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Ushbu vazifa ijrosini taʼminlash maqsadida, bank tomonidan ijtimoiy dasturlar doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan 1 270 mlrd. soʼmlik (yoki 62 foizi) qismi 45 mingga yaqin yoshlarning oʼz biznesini tashkil etishi uchun yoʼnaltirildi va buning natijasida 49 mingga yaqin yoshlar bandligi taʼminlandi. Ushbu kreditlarning asosiy qismi tegishli sertifikatga ega boʼlgan yoshlarga ajratildi.

Shu bilan birga, hududlarda ochilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari”ga kiritilgan 28 mingga yaqin aholining ehtiyojmand qatlami vakillariga 633 mlrd.soʼmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Natijada, 2020 yilga nisbatan imtiyozli kreditlar hajmi 611 mlrd. soʼmga yoki ikki barobarga, aholi bandligi taʼminlash koʼrsatkichi 27 mingtaga oʼsdi.

Investitsion dasturlar doirasida jami 246 ta loyihaga 1 429 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratilishi va loyihalarning ishga tushirilishi natijasida 4 732 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi. Xususan, ushbu yoʼnalishda sanoat sohasida 3 089 ta, xizmat koʼrsatish sohasida 578 ta va qishloq xoʼjaligi sohasida 1 065 ta aholining bandligi taʼminlandi.

Hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilgan 1 946 mlrd. soʼm miqdoridagi kreditlar hisobiga 1 254 ta yangi loyiha ishga tushirildi.

Prezidentimizning “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʼshimcha chora–tadbirlar toʼgʼrisida” 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli qarori ijrosi yuzasidan 182 ta loyihaga 444,2 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratildi. Ushbu loyihalarning ishga tushishi natijasida yiliga qoʼshimcha 1 265 mln. dona tuxum va 74,4 ming tonna parranda goʼshti, 180,5 ming tonna parranda ozuqasi yetishtirish quvvatlari yaratilishi kutilmoqda.

Shuningdek, oʼtgan yil davomida 66 ta quyonchilik xoʼjaliklariga 168,4 mlrd. soʼmi, 1 639 ta jismoniy shaxslarga oʼz xonadonida quyonchilikni rivojlantirish maqsadi 40,5 mlrd.soʼmi uchun yoʼnaltirildi. Bugungi kunda mazkur sohaga ajratilgan jami kreditlar miqdorida 4 773 ta mijozda 453,6 mlrd.soʼmni tashkil etmoqda.
Bundan tashqari, mijozlarga koʼrsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida 15 ta yangi bank binolari qurildi, 31 ta binolar kapital va joriy taʼmirlandi. 25 ta yangi, zamonaviy ixcham bank xizmatlari markazlari faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Vengriya davlatidan 300 ta yangi bankomat keltirilib, chekka hududlardagi 24/7- xizmat koʼrsatish ofislariga joylashtirildi.

Taʼkidlab oʼtish joizki, onlayn xizmatlar ommalashuvini inobatga olgan holda bankning yangi mobil ilovasi ishlab chiqildi. Hozirda ilovada 20 dan ortiq yangi onlayn xizmatlar yoʼlga qoʼyildi. 300 mingdan ortiq foydalanuvchi omonat, kredit, pul oʼtkazmalari, kommunal toʼlovlar kabi xizmatlardan masofadan turib foydalanmoqda.

Shu bilan birga, kredit qarorlarini qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish boʼyicha anderrayter tizimi joriy qilinib, 20 turdagi kredit mahsulotlarini ushbu tizim orqali ajratilmoqda. Ushbu tizim orqali 104 mingdan ortiq jismoniy shaxsga hamda 26 mingdan ortiq yuridik shaxsga modulli kreditlar ajratildi. Jismoniy shaxslarga “Overdraft”, “Isteʼmol”, “Mikroqarz” kreditlarini ajratish jarayoni toʼliq avtomatlashtirildi.

2022 yilda ham transformatsiya ishlari izchil davom ettiriladi, jumladan:

  • Mehnat migrantlari uchun kredit olish, omonat ochish, xalqaro pul oʼtkazmalarini amalga oshirish kabi xizmatlarni oʼz ichiga olgan kompleks bank xizmatlari yaratiladi;
  • elektron virtual kartalar taqdim etish funktsiyalari joriy qilinadi.
  • biznes jarayonlarni optimallashtirish orqali operatsion xarajatlar qisqartiriladi;
  • bankning yangi korporativ sayti ishga tushirilib, aholi moliyaviy savodxonligini oshirish boʼyicha dasturlar taqdim etiladi;
  • sohada xalqaro nufuzga ega kompaniyalar ishtirokida mikrokredit tashkilotini tashkil etish loyihasini amalga oshirish kabi qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, tadbir davomida Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosi yuzasidan Davlat dasturlari va hukumat qarorlari bilan ishlash departamenti direktori Gʼolib Sanoev toʼliq maʼlumot berdi.

Matbuot anjumani davomida “Mikrokreditbank” АTB masʼul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi.

Bank axborot xizmati