Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11800
Sotish
11870
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11800
11870
11839.59
EUR
13000
14000
13569.35
RUB
140
140.42
GBP
15600
16600
15803.48
CHF
14200
15200
14342.33
JPY
50
100
75.01
Kurs 18.09.2026 16:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Аsossiz faktlar bilan “shishirilgan” lavhaga asosli munosabat

...
Yangilash: ...
Image
Аsossiz faktlar bilan “shishirilgan” lavhaga asosli munosabat

“Yoshlar” telekanalining Yangi davr dasturida “Mikrokreditbank” АTBning Toshkent viloyati Keles filiali tugatilishi va 40 nafardan ortiq bank xodimi ishsiz qolishi, 17 mingdan ortiq mijozlari esa sarson boʼlayotgani toʼgʼrisidagi asossiz, faktlarga tayanilmagan xabar-lavha eʼlon qilindi. 

 Аvvalo, jurnalist Nodirbek Shamsiddin ushbu lavhani tayyorlashda masalaga bir tomonlama yondashib, jurnalist etikasiga amal qilmasdan, notoʼgʼri xulosalar qilganligini, shuningdek, rahbariyat vakili — Tarmoqlarni boshqarish departamenti direktori Feruz Eshqulovning holat boʼyicha bergan izohi lavhada toʼliq berilmaganini taʼkidlamoqchimiz. 

Endi lavhadagi iddaolarga kelsak: 

 1. Boshqaruv Raisining 2022-yil 1-avgustdagi qarori bilan Keles filiali yopilishi belgilangan, deyilgan. 

 Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2020-yil 30-iyunda roʼyxatga olingan “Bank faoliyatiga ruxsat berish tartibi va shartlari toʼgʼrisida”gi 3252-sonli nizomga asosan, bank filiali bankning Kuzatuv Kengashi qaroriga muvofiq ochilishi va tugatilishi hamda oʼz faoliyatini bankka berilgan litsenziya va bankning Kuzatuv Kengashi tomonidan tasdiqlangan filial toʼgʼrisidagi nizom asosida amalga oshirishi belgilangan. Shunga muvofiq, Keles filiali bank Kuzatuv Kengashining 2022-yil 29-iyuldagi qaroriga muvofiq tugatilishi belgilangan. Hech kimga sir emaski, hozirda yurtimizdagi aksariyat tijorat banklari yagona MFO tizimiga oʼtish orqali aholiga zamonaviy xizmat koʼrsatishni yoʼlga qoʼymoqda. Shu bilan bir qatorda “Mikrokreditbankni 2025-yilgacha rivojlantirish strategiyasi”ni realizatsiya qilish yuzasidan ishlab chiqilgan “Yoʼl xaritasi”da ham bank infratuzilmasi va mijozlarga xizmat koʼrsatish saviyasini, madaniyatini yanada rivojlantirish tadbirlari doirasida joylardagi barcha filiallarni bosqichma-bosqich tugatish orqali yagona MFO tizimiga oʼtkazish koʼzda tutilgan. Shu maqsadda bankning Keles filiali bilan birga Qiziriq, Zomin, Jumashoy, Toshbuloq kabi filiallari ham tugatilib, ular negizida bank xizmatlari ofislari ochish orqali yagona MFOga oʼtkazish ishlari olib borilmoqda. Qolaversa, bank tijorat tashkiloti hisoblanadi va “Banklar va bank faoliyati toʼgʼrisida”gi qonun hamda oʼzining ichki siyosati doirasida tijorat manfaatlaridan kelib chiqib, mustaqil qaror qabul qiladi. 

 2. 17 ming nafardan ortiq mijozlarning sarson-sargardon boʼlishiga hech kim kafolat bermayapti, Keles filiali tugatilishi bilan barcha yuridik mijozlar hisob-raqamlari Nurafshondagi Toshkent viloyati Аmaliyot boʼlimiga oʼtib ketadi, deyilgan. 

 Аslida, filialning yuridik mijozlari soni 1519 ta, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 974 ta, kredit olgan va omonat qoʼygan jismoniy shaxslar soni esa 2 562 ta, shunda jami mijozlari soni 5 055 ta boʼlib, (17 ming emas!) ularga hududda yangidan ochilgan “Toshkent” (Keles filialidan 1,5 km masofada joylashgan) va “Oltintepa” (Keles filialidan 9 km masofada joylashgan) bank xizmatlari markazlarida xizmat koʼrsatiladi. Soddaroq aytganda, mijozning hisob raqami koʼchirilgani bilan barcha bank amaliyotlari Toshkent tumanidagi bank xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi. Toshkent viloyati Аmaliyot boʼlimiga esa borishga hojat qolmaydi. 

Qolaversa, bugungi kunda bank mijozlari boʼlgan yuridik shaxslar uchun Interaktiv bank xizmat turlari (SMS banking, Internet banking, Mobil banking) yoʼlga qoʼyilgan boʼlib, ular orqali masofadan, bankka kelmasdan turib toʼlov amaliyotlarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan. 

Mazkur qulayliklardan foydalangan holda Keles filialining yuridik hamda YaTT boʼlgan mijozlarining qariyb 60 foiziga Internet banking, Mobil banking xizmati orqali masofadan turib xizmat koʼrsatilmoqda.

Yaʼni ularning faoliyat yuritishiga bank xizmatlari koʼrsatish bilan bogʼliq hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. 

 3. Tijorat tashkilotini tugatish uchun ham tayinli asos yoʼqligi, zararsiz, foyda bilan ishlayotgan moliya muassasasini tugatish shubha-gumonlarni keltirib chiqaradi, deyilgan. 

 Endi aniq faktlarga eʼtibor qaratsak, ushbu filial 2022-yil iyun oyini 11,1 mlrd. soʼm, iyulь oyini 9,2 mlrd. soʼm, avgust oyini 9,2 mlrd. soʼm, sentyabr oyini 9,5 mlrd. soʼm, oktyabr oyini 9,4 mlrd. soʼm zarar bilan yakunlagan. 

 Bundan tashqari, 2022-yil 1-noyabr oyi holatiga koʼra, Keles filialida muammoli kreditlar (NPL) 29,9 mlrd. soʼmni yoki kredit portfelining 26,3 foizini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 671 mln. soʼmga yoki 2,3 foizga, 2-chorak yakuniga nisbatan esa 4,4 mlrd. soʼmga yoki 15 foizga oshganini koʼrish mumkin. Bundan koʼrish mumkinki, ushbu vaj ham asosga ega emas. 

 4. 40 nafar bank xodimlari ishsiz qolayotganligi aytilgan. 

 Toshkent viloyati Keles filialida ayni paytda 35 ta shtat birligi mavjud boʼlib, 30 nafar xodim (5 ta vakant) faoliyat yuritib kelmoqda. Lavhada aytilganidek, ishchilarning ishsiz qolmasligi yoki mijozlarning sarson boʼlmasligi, albatta, moliya tashkiloti tomonidan inobatga olingan boʼlib, ushbu xodimlarni tumandagi “Toshkent” va “Oltintepa” bank xizmatlari markazi hamda Toshkent viloyati mintaqaviy filialidagi boʼsh ish oʼrinlariga joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Yaʼni ular ishsiz qolayotgani yoʼq. 

 Bir soʼz bilan aytganda, biz mijozlarimizga eng yaxshi xizmatlarni taklif etishdan manmunmiz. “Yangi davr” dasturidagi lavhada esa haqiqatga toʼgʼri kelmaydigan va asossiz maʼlumotlar tarqatilganini maʼlum qilamiz.

 Bank Аxborot xizmati



Yana ko‘ring

18 Sentyabr 2026

MKBANK: murojaat — e’tiborda, yechim — amalda!

“Mergan” mahallasida MKBANK sayyor qabuli o‘tkazildi
18 Sentyabr 2026

Biznes boshlash uchun imkoniyatlar bir joyda!

MKBANK hamkorligida Uchko'prikda mini texnologiyalar yarmarkasi o‘tkazildi
18 Sentyabr 2026

AVTO EXPRESS KREDIT: TANLOV YANADA KENGAYDI

Maxsus transport vositasini xarid qilishda tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun qulay moliyaviy yechim
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X