O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratilmoqda.
Shunga ko‘ra, 2026-yil 4 va 5-aprel (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi. Ushbu kunlarda fuqarolar ko‘chmas mulk va transport vositalarini oldi-sotdi qilishda zarur bo‘lgan eskrou xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Bundan tashqari, shu kunlari ayrim valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul o‘tkazmalari punktlari ham faoliyat yuritadi. Ular kun davomida 8 soat ishlaydi.
Bu imkoniyatlar fuqarolarga dam olish kunlari ham bank xizmatlaridan bemalol foydalanish imkonini beradi.
Dam olish kunlari ishlaydigan bank xizmatlari ofislari bilan pastdagi havola orqali tanishishingiz mumkin!
Bank Axborot xizmati
Format: xlsx
Format: xlsx


















