
MKBANK tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash hamda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirish maqsadida “Hosildor bog‘” kreditini taklif etadi.
Mazkur kredit mevachilik plantatsiyalarini barpo etish, mavjud bog‘larni saqlash, yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash va qadoqlash loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.
Kredit shartlari:
• Kredit miqdori: 5 mlrd so‘mgacha (loyihaning biznes-rejasi yoki texnik-iqtisodiy asosidan kelib chiqib);
• Kredit muddati: 120 oygacha;
• Imtiyozli davr: asosiy qarz va foiz to‘lovlari bo‘yicha 36 oygacha;
• Moliyalashtirish manbalari: Bankning o‘z mablag‘lari va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) jalb qilgan mablag‘lar;
• Qarz oluvchining ulushi: loyiha qiymatining kamida 20 foizi.
Imtiyozli davrda hisoblangan foiz to‘lovlari kreditning oxirgi 5 yiliga teng taqsimlangan holda qaytariladi.
Kredit ta’minoti bo‘yicha belgilangan talablarga muvofiq, kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi hamda Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ kafilligidan foydalanish mumkin. Bunda ta’minot miqdori kredit summasining 125 foizigacha bo‘lishi mumkin. Yaratilgan bog‘larning kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, qo‘shimcha garov sifatida olinadi.
“Hosildor bog‘” krediti — mevachilik loyihalarini kengaytirish, mahsulotlarni chuqur qayta ishlash va qishloq xo‘jaligida qo‘shimcha qiymat yaratish uchun moliyaviy imkoniyat.
Kredit shartlari va moliyalashtirish tartibi haqida batafsil ma’lumot olish uchun MKBANKning rasmiy axborot kanallarini kuzatib boring.
Bank Axborot xizmati
















