Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11800
Sotish
11870
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11800
11870
11839.59
EUR
13000
14000
13569.35
RUB
140
140.42
GBP
15600
16600
15803.48
CHF
14200
15200
14342.33
JPY
50
100
75.01
Kurs 18.09.2026 16:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Kasanachilik – ayollar tadbirkorligiga yo‘l ochadi

...
Yangilash: ...
Image
Kasanachilik – ayollar tadbirkorligiga yo‘l ochadi

Bugungi kunda aholining turmush farovonligini yanada yaxshilash, avvalo,  ularning daromadlarini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, mahallalarda kasanachilikni tashkil etish va rivojlantirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hamda xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish boʻyicha “Mikrokreditbank” ATB tomonidan tadbirkorlar moliyaviy qoʻllab-quvvatlanmoqda. Gʻijduvonlik Dilnoza Saidova rahbarligidagi Nodirabegim tikuv korxonasi bunga bir misol

4.jpg 

Tadbirkor Dilnoza Saidova dastlab faoliyatini 2021-yilning fevral oyida bank tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari asosida 7 ta tikuv mashinasi sotib olish bilan boshladi. 

Kichkinagina sexida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatli va hamyonbop boʻlgani uchun ham qisqa fursatda oʻz xaridorlariga ega boʻldi. Dilnoza qoʻshimcha mablagʻ sarflab zamonaviy tikuv dastgohlari sotib oldi va ustoz-shogird maktabi asosida mahallasidagi ishsiz xotin-qizlarni ham ishga jalb qila boshladi. 

1.jpg

Joriy yilning may oyida “Mikrokreditbank” ATB homiyligida kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida mazkur tikuv sexi uchun keng va shinam 150 oʻrinli bino qurib berildi. 

Dilnoza Saidovaning kelajak rejalari ham katta. U xotin-qizlar uchun moʻljallangan liboslar tikish bilan chegaralanib qolmoqchi emas. Endilikda u erkaklar kiyim boshlari,  kostyum-shimlari, maxsus formalar va bolalar kiyim-kechaklarini ham ishlab chiqarmoqchi va kelgusida ish oʻrinlarini ming nafarga yetkazmoqchi. 

2.jpg

Jondor tumani Ushot mahallasida yashovchi Shahnoza Sharipova esa kashtachilik hunari bilan bolaligidan shugʻullanib keladi. Momomeros boʻlgan hunari bugun Shahnoza uchun daromad manbaiga aylangan. U faoliyatini 2022-yilda “Mikrokreditbank” ATB Buxoro viloyati Jondor BXM tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 33 mln.soʻm imtiyozli kredit mablagʻi olib boshlagan edi. Kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida soʻndirib, 2023-yilda qiymati 500 million soʻm boʻlgan “Voris kashtachilari” loyihasini amalga oshirdi.

7.jpg

5.jpg

- Oʻtgan 2023-yilda tumanimizda yana bir yangi faoliyat turi - “Voris kashtachilari" hunarmandchilik markazida charm mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini ham yoʻlga qoʻydik. Dastlab bu yerda 15 nafar xotin-qizlar mehnat qilgan boʻlsa, endilikda ular soni 60 nafarda oshgan, - deydi Shahnoza Sharipova.

6.jpg

Birgina Buxoro viloyati boʻyicha “Mikrokreditbank” ATB tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida  9,3 mlrd. soʻm miqdordagi kredit mablagʻlari ajratilib, kasanachilik va tikuvchilik yoʻnalishida 1000 nafardan ortiq ishsiz aholining bandligi taʼminlandi. Mikrokreditbank aholi daromadlarini oshirish, xotin-qizlarni, ishsiz opa-singillarimizning qoʻshimcha daromadga ega boʻlishlarini taʼminlash boʻyicha moliyaviy qoʻllab-quvvatlashda davom etadi. 

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

18 Sentyabr 2026

MKBANK: murojaat — e’tiborda, yechim — amalda!

“Mergan” mahallasida MKBANK sayyor qabuli o‘tkazildi
18 Sentyabr 2026

Biznes boshlash uchun imkoniyatlar bir joyda!

MKBANK hamkorligida Uchko'prikda mini texnologiyalar yarmarkasi o‘tkazildi
18 Sentyabr 2026

AVTO EXPRESS KREDIT: TANLOV YANADA KENGAYDI

Maxsus transport vositasini xarid qilishda tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun qulay moliyaviy yechim
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X