Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11735
Sotish
11840
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11735
11840
11783.47
EUR
13000
14000
13688.86
RUB
140
139.7
GBP
15600
16600
15941.86
CHF
14200
15200
14515.24
JPY
50
100
76.44
Kurs 11.09.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNI BOSHQARISH TIZIMI” XALQARO SERTIFIKATI QO‘LGA KIRITILDI

364
Yangilash: 10 Iyul 2024, 17:22
Image
“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHNI BOSHQARISH TIZIMI”  XALQARO SERTIFIKATI QO‘LGA KIRITILDI
Mikrokreditbankda korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro standartlarini joriy etish maqsadida mas’ul xalqaro konsul’tantlar hamda sertifikatlashtiruvchi tashkilotlar bilan bankning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi va xalqaro standartlar talablariga muvofiqligini har tomonlama о‘rganish natijalariga asosan ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashni boshqarish tizimi” xalqaro sertifikati qo‘lga kiritildi.

Bugun mazkur xalqaro sertifikatni topshirish uchun bank Bosh ofisida tadbir tashkil etildi. Unda “CERT INTERNATIONAL” tashkiloti ISO bo‘yicha mas’ul auditori Riad Ibragimov hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi Sardor Mamanovlar ham ishtirok etdi.

Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Mikrokreditbank tizimida ham Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tashkil etilgan.

Mazkur departament tomonidan bank tizimida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan barcha zaruriy choralarni koʻrishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilib, ularning vakolat va huquqlari, shuningdek, bankning boshqa boʻlinmalari bilan birgalikdagi hamkorligi ichki me’yoriy hujjatlar bilan aniq belgilab qoʻyilgan.

Bundan tashqari mavjud boʻsh ish oʻrinlariga nomzodlarni ochiq tanlov asosida ishga qabul qilish amaliyoti joriy etildi, bank ehtiyojlari uchun xaridlarni shaffof tizim orqali amalga oshirish, ushbu jarayonda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyotlari joriy qilindi.

Ta’kidlash kerakki, bank faoliyatida korrupsiya holatlarining yuzaga kelish ehtimoli yuqori boʻlgan kreditlash amaliyotlarida, aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga koʻrsatilayotgan bank xizmatlarini raqamlashtirish orqali inson omilini kamaytirish eng ustuvor vazifa qilib belgilangan.

Yo‘qoridagi ishlarimizning samarasi ularoq Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, “Mikrokreditbank” ATB 95 ta davlat tashkiloti orasida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholash reyting natijalariga asosan 84 ball bilan yashil reytingda yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Ma‘lumot o‘rnida shuni aytib o‘tish joizki, xodimlarni malakasini oshirish va ularga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirish uchun Bankning korrupsiyaga qarshi kurashish tizimiga xalqaro standartlarni joriy qilish maqsadida,
89 nafar bank xodimlari xalqaro trening markazida ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashni boshqarish tizimi - talablar va qo'llash bo'yicha ko'rsatmalar” bо‘yicha о‘qitildi va ular xalqaro sertifikatlarga ega bо‘lishdi.

Bank tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish yо‘nalishida e’tiborga molik ishlardan biri, mijozlarga xizmat kо‘rsatishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, bu borada jamoatchilik bilan samarali aloqani yо‘lga qо‘yish maqsadida 4 ta aloqa kanali tashkil etilgan.

Darhaqiqat, korrupsiya jamiyat uchun katta havf, shuning uchun ham yurtimizda bu illatga qarshi tizimli kurash olib borilmoqda. Mikrokreditbank tizimida mehnat qilayotgan har bir xodimga ham korrupsiyaning oqibatlari haqida muntazam targ‘ibot-tavshiqot ishlari olib borilmoqda.

Bank axborot xizmati



Yana ko‘ring

11 Sentyabr 2026

Romitan tumanida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi!

Tadbirkorlarning masalalari muhokama qilinib, amaliy yechimlar belgilandi
11 Sentyabr 2026

Muzrabotda bank xizmatlari yarmarkasi tashkil etildi

Shuningdek, yoshlar va aholi vakillarining savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berilib, mavjud imkoniyatlardan foydalanish tartibi yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

11 Sentyabr 2026

Oqqo‘rg‘on tumanida mehnat yarmarkasi va yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Muloqot davomida yoshlarning taklif va murojaatlari tinglandi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X