Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Korrupsiyaning oldini olish — ustuvor vazifa

17
Yangilash: 28 Noyabr 2025, 16:30
Image
Korrupsiyaning oldini olish — ustuvor vazifa

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik va qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bank Boshqaruvi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga oid yoʻl xaritalari, nazorat rejalari va oʻquv dasturlari ishlab chiqilib, tasdiqlandi va ijrosi qatʼiy nazoratga olingan. 

Oʻtgan davrda xodimlar malakasini oshirish maqsadida, Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi va Markaziy bank mutaxassislari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Manfaatlar toʻqnashuvi” va “Bank siri” qonunlarining mazmun-mohiyati boʻyicha oʻquv-seminarlari oʻtkazildi. 100 nafardan ortiq xodim ISO 37001:2025 xalqaro standarti boʻyicha malakasini oshirib, sertifikatga ega boʻldi. Yangidan ishga qabul qilingan 75 nafar xodimga ham korrupsiyaga qarshi bilim va koʻnikmalar yuzasidan oʻquvlar oʻtkazildi. 

Bankda ehtimoliy korrupsion risklar tahlil qilinib, ularni bartaraf qilish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat xaridlari jarayonlari oʻrganilib, xaridlar va kreditlash jarayonlarida manfaatlar toʻqnashuvini aniqlashni avtomatlashtiruvchi “ANTISOR-STOP” modulini yaratish ishlari amalga oshirilmoqda. 

Ishga qabul qilish jarayonida 124 nafar nomzod oʻrganilib, salbiy maʼlumotlari sababli 10 nafariga rad javobi berildi. Manfaatlar toʻqnashuvi yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlarda 12 ta holat aniqlanib, bartaraf etildi. Bank xodimlari va mijozlardan kelib tushgan 90 dan ortiq murojaat koʻrib chiqilib, qonunchilik doirasida choralar koʻrildi. 

Boshqaruv raisining joriy yil 10-sentabrdagi farmoyishiga muvofiq, har oyning ikkinchi chorshanbasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” deb belgilandi va xodimlar oʻrtasida qonunchilik hujjatlarini oʻrganish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Markaziy bank va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”dagi vazifalar oʻz vaqtida bajarilmoqda.  

Yil yakuniga qadar Qoraqalpogʻiston va Xorazm hududiy boʻlinmalarini ISO-37001 standarti boʻyicha sertifikatlashtirishga tayyorgarlik koʻrish, 65 nafar xodimni “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da oʻqitish va bankning ichki meʼyoriy hujjatlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish rejalashtirilgan. Shuningdek, seminarlar, davra suhbatlari va anonim soʻrovnomalar orqali xodimlar hamda mijozlarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish ishlari davom ettiriladi.  

Bahodir Kirgizov, 
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti direktori 




Yana ko‘ring

11 Dekabr 2025

Metro va avtobusda yanada qulay to‘lov!

Uzcard Kids yoki Moment kartasini bankimiz filiallarida rasmiylashtiring
10 Dekabr 2025

Infografika: Korrupsiyon holatlar bo‘yicha

Aloqa kanallariga 168 ta murojaatlar kelib tushgan

9 Dekabr 2025

MKBANK shaffoflik va qonun ustuvorligi yo‘lida

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni bo‘yicha “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X