
Bugun Markaziy bank Navoiy viloyati bosh boshqarmasi, Xatirchi tuman hokimligi, "Mikrokreditbank" viloyat hududiy boshqarmasi masʼullari hamkorligida “Loyihalar yarmarkasi” oʻtkazildi.

Tumandagi Jamoat salomatlik texnikumida tashkil etilgan yarmarkada tadbirkorlikni boshlash istagidagilarga yangi loyihalar doirasida ishlab chiqilgan biznes-rejalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kredit turlari, imtiyozlar boʻyicha ham maʼlumotlar berildi.
Bank Axborot xizmati


















