Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11770
Sotish
11850
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11770
11850
11785.3
EUR
13000
14000
13695.7
RUB
140
136.13
GBP
15600
16600
15949.05
CHF
14200
15200
14564.14
JPY
50
100
75.42
Kurs 04.09.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbank tomonidan talabalar uchun “Baraka hamkor parranda” xususiy korxonasida dastlabki oʻquv amaliy seminar tashkil etildi

304
Yangilash: 18 Aprel 2025, 09:31
Image
Mikrokreditbank tomonidan talabalar uchun “Baraka hamkor parranda” xususiy korxonasida dastlabki oʻquv amaliy seminar tashkil etildi

Parrandachilik chorvachilik sohasining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Respublikamizda parrandachilikni rivojlantirishga qaratilgan eʼtibor bugun soha rivojiga muhim turtki boʻlmoqda. Oxirgi yillarda Prezidentimizning bir qator qarorlari qabul qilinib, sohada parranda goʻshti va isteʼmol tuxumi ishlab chiqarish salmogʻi oshdi.

2 (27).png

Ta’kidlash kerakki, respublikada 2024-yilda aholining isteʼmol tuxumiga boʻlgan talabi 115 foizga, parranda goʻshtiga boʻlgan talabi 106 foizga taʼminlandi.

Xususan, Andijon viloyatida 58,5 ming tonna parranda goʻshti va 774 mln dona isteʼmol tuxumi ishlab chiqarildi.

Viloyatda parrandachilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 84 tani tashkil etib, shundan 26 tasi goʻsht va 58 tasi tuxum yoʻnalishidagi korxonalar hisoblanadi.

2025-yilda viloyatda parranda bosh soni 11,2 mln boshga yetkazilib, oʻtgan yilga nisbatan 102 foizga oʻsishi taʼminlanadi. 

1 (27).png

Joriy yilda umumiy qiymati 198 mlrd soʻmlik 18 ta loyiha amalga oshirilib, natijada 2,4 mln bosh parranda, 141 mln dona tuxum va 1,9 ming tonna qoʻshimcha parranda mahsulotlari yetishtirish quvvatlari yaratiladi.

Misol uchun, Asaka tumanidagi “Baraka hamkor parranda” xususiy korxonasi amalga oshirayotgan loyiha hisobiga goʻsht yetishtirish quvvati
11,2 ming tonnaga yetkaziladi. Shuningdek, korxonada zamonaviy uslubda yiliga 87 ming tonna omuxta-yem ishlab chiqarish quvvati ishga tushiriladi. 

Natijada omuxta-yem sarfi 5 foizga, elektr energiya sarfi 3 barobarga va har bir kilogram goʻsht yetishtirish tannarxida gaz sarfi 4 barobarga qisqaradi.

Yetishtirilgan parranda goʻshti mahsulotlari Tojikiston, Qirgʻiziston, Afgʻoniston va Xitoy davlatlariga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

7 (13).png

Ushbu loyiha doirasida Mikrokreditbank va Parrandasanoat uyushmasi Andijon Qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti masʼullari bilan parrandachilikda nazariy-amaliy bilimlarni bogʻlash hamda aholi xonadonlarida parranda boqishni tashkil etish yuzasidan muzokara oʻtkazildi.
Natijada parrandachilik xoʻjaliklariga Institut talabalarini biriktirish va ularni “Dual taʻlim” asosida amaliyotga bogʻlash mexanizmini yaratish boʻyicha kelishuvga erishildi.

4 (25).png

Kelishuv doirasida, Institut bitiruvchilarini amaliyot jarayoniga bogʻlash va doimiy ish bilan taʼminlash maqsadida Asaka tumanidagi “Baraka hamkor parranda” xususiy korxonasida dastlabki oʻquv amaliy seminar tashkil etildi.

Natijada Andijon Qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti va “Baraka hamkor parranda” xususiy korxonasi oʻrtasida bitiruvchi talabalarni “Dual taʻlim” asosida amaliyotga biriktirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

4 Sentyabr 2026

O‘z biznesingizni boshlash uchun 30 mln so‘mgacha!

Yangi daromad manbai yaratish niyatingiz bormi? Unda bu imkoniyat siz uchun.
4 Sentyabr 2026

MKBANK va SamAuto’dan katta yangilik!

Biznes uchun avtomobil xarid qilishda yangi davr boshlanmoqda
4 Sentyabr 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

5 va 6-sentabr (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X