
Mikrokreditbank ipoteka omonatini taqdim etadi: uy-joy xaridi uchun ishonchli jamg‘arma yechimi
Mikrokreditbank tomonidan ipoteka krediti olishni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun “Maqsadli ipoteka omonati (subsidiya)” joriy etildi. Mazkur omonat dastlabki badalni shakllantirish va davlat subsidiyasi imkoniyatidan samarali foydalanish uchun qulay jamg‘arma yechimi hisoblanadi.
Omonatning asosiy shartlari:
- yillik 16 foiz daromadlilik;
- omonat muddati — 12 oy;
- omonat summasi dastlabki badal subsidiyasi miqdorida shakllantiriladi.
- Omonatning eng kam miqdori: 1 mln.so'm
Agar bank tomonidan ipoteka krediti ajratish rad etilsa yoki omonatchi ipoteka kreditidan foydalanishni rad etsa, bank ikki ish kuni ichida:
- omonatchining o‘z mablag‘lari hamda ularga hisoblangan foizlarni belgilangan tartibda qaytaradi;
- dastlabki badal subsidiyasi va unga hisoblangan foizlarni omonatchining roziligisiz Davlat budjetiga qaytaradi.

















