Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11980
Sotish
12100
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11980
12100
11988.92
EUR
13000
14000
13663.77
RUB
154
153.49
GBP
15600
16600
15984.83
CHF
14200
15200
14710.33
JPY
50
100
73.31
Kurs 28.07.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

“Tayyor biznes” loyihasi: G‘ijduvon tumanida yangi biznes infratuzilmasi shakllanmoqda

...
Yangilash: ...
Image
“Tayyor biznes” loyihasi: G‘ijduvon tumanida yangi biznes infratuzilmasi shakllanmoqda

2025-yil 19-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida biznes muhitini yanada yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda daromadini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 807-son qarori hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati hokimining 2025-yil 24-dekabrdagi 648-2-0-Q/25-son qarori va Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining VII-21-1-2-0-Q/26-son qarori asosida G‘ijduvon tumanida keng ko‘lamli investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Mazkur qarorlarga muvofiq tumanning 19 ta mahallasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida 15 sotixgacha bo‘lgan yer maydonlarida zamonaviy “Tayyor biznes” obyektlarini qurish, ularni tadbirkorlarga 10 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan realizatsiya qilish belgilangan.

Bugungi kunga qadar 14 ta mahalladagi yer maydonlari elektron auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, ulardan 11 tasi “MKB Kasana Invest Group” MChJ tomonidan xarid qilindi. Qolgan 3 ta yer maydoni esa hokimlik tavsiyasiga asosan boshqa xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotib olindi. Loyihalarni amalga oshirish doirasida “MKB Kasana Invest Group” MChJ tomonidan qurilish-pudrat ishlarini bajarish uchun “UMS Group” MChJ bilan 2026-yil 29-aprel kuni qiymati 107 milliard so‘mlik shartnoma imzolandi. Shuningdek, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Nest One Proekt” MChJ bilan qiymati 2,3 milliard so‘mlik shartnoma tuzildi.

Ayni paytda obyektlarda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Chag‘dari MFY

Chag‘dari mahallasida qurilayotgan obyekt 3 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 327,38 kvadrat metrni tashkil etadi. Loyiha bo‘yicha Shaharsozlik-arxitektura kengashining ijobiy xulosasi olingan. Hujjatlar 2026-yil 22-may kuni davlat ekspertizasiga taqdim etilgan bo‘lib, ayni paytda ekspertiza jarayoni davom etmoqda (ariza raqami – 126521). Qurilish maydonida kotlovan qazish, shag‘allash va betonlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi. Hozirda beton konstruksiyalarni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga hududdagi elektr tarmoqlarini ko‘chirish ishlari ham amalga oshirilmoqda.

Qoraxoniy MFY

Qoraxoniy mahallasida barpo etilayotgan biznes majmuasi ham 3 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 522 kvadrat metrni tashkil etadi. Loyiha Shaharsozlik-arxitektura kengashining ijobiy xulosasini olgan. Obyektda kotlovan qazish, shag‘allash, birlamchi beton quyish va gidroizolyatsiya ishlari yakunlangan. Poydevor to‘liq barpo etilib, beton konstruksiyalar qisman o‘rnatildi. Hozirda asosiy ustunlar va balkalarni montaj qilish ishlari yakunlanib, gidroizolyatsiya ishlari bajarildi hamda yonlama rigellarni o‘rnatish ishlari davom ettirilmoqda.

Denov MFY
Denov mahallasida barpo etilayotgan biznes majmuasi 3 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 503,44 kvadrat metrni tashkil etadi. Loyiha Shaharsozlik-arxitektura kengashining ijobiy xulosasini olgan. Qurilish maydonida kotlovan qazish va shag‘allash ishlari yakunlandi. Birlamchi beton quyilib, gidroizolyatsiya ishlari bajarildi. Armatura to‘rlarini o‘rnatish va asosiy poydevor qurilishi to‘liq yakunlangan. Beton konstruksiyalarni o‘rnatish ishlari boshlangan bo‘lib, beton stakanlar o‘rnatildi, parda devorlar barpo etildi hamda qayta to‘ldirish ishlari yakuniga yetkazildi. Hozirda asosiy beton ustunlarni montaj qilish ishlari olib borilmoqda.

Ko‘shk MFY
Ko‘shk mahallasida qurilishi rejalashtirilgan obyekt 3 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 532,8 kvadrat metrni tashkil etadi. Loyiha Shaharsozlik-arxitektura kengashining ijobiy xulosasini olgan. Hozirgi kunga qadar kotlovan qazish, shag‘allash va asosiy poydevorga beton quyish ishlari yakunlangan. Beton stakanlar o‘rnatilib, konstruksiyaning asosiy ustunlarini montaj qilish boshlandi. Shu bilan birga parda devorlar barpo etilib, ichki va tashqi qayta to‘ldirish ishlari bajarildi. Hozirda yonlama rigellarni payvandlash hamda qavatlararo yopmalarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

G‘ishti MFY
G‘ishti mahallasida barpo etilayotgan biznes majmuasi 3 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 648 kvadrat metrni tashkil etadi. Obyektda kotlovan qazish va shag‘allash ishlari yakunlandi. Betonlashtirish hamda armatura to‘rlarini o‘rnatish ishlari to‘liq bajarilib, asosiy poydevor qurilishi yakuniga yetkazildi. Shuningdek, binoning asosiy tayanch stakanlari va ustunlari o‘rnatildi, parda devorlar qurilib, qayta to‘ldirish ishlari amalga oshirildi.

Hozirda birinchi va ikkinchi qavatlar orasidagi yopmalarni o‘rnatish hamda payvandlash ishlari yakunlangan. Ikkinchi va uchinchi qavatlar orasida esa yonlama rigellarni o‘rnatish va payvandlash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Sarvari MFY
Sarvari mahallasida qurilayotgan biznes majmuasi 3 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 497,28 kvadrat metrni tashkil etadi. Loyiha Shaharsozlik-arxitektura kengashining ijobiy xulosasini olgan. Obyektda qurilish ishlari faol bosqichga o‘tgan. Kotlovan qazish va shag‘allash ishlari yakunlanib, birlamchi beton quyish hamda gidroizolyatsiya ishlari bajarildi. Armatura to‘rlarini o‘rnatish ishlari tugallanib, asosiy poydevor qurildi. Beton stakanlar o‘rnatilib, ular orasidagi parda devorlar va gidroizolyatsiya ishlari yakunlandi. Shuningdek, asosiy balkalar montaj qilinib, hudud to‘liq shag‘allashtirildi. Hozirda birinchi va ikkinchi qavatlar oralig‘idagi yonlama rigellarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Armechan MFY
Armechan mahallasida bunyod etilayotgan biznes majmuasi 3 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 687,6 kvadrat metrni tashkil etadi. Bugungi kunga qadar kotlovan qazish va shag‘allash ishlari yakunlandi. Birlamchi beton quyish, gidroizolyatsiya hamda armatura to‘rlarini o‘rnatish ishlari bajarilib, asosiy poydevor qurilishi tugallandi. Beton konstruksiyalarning bir qismi obyektga yetkazildi, beton stakanlarni o‘rnatish ishlari yakunlandi. Hozirda parda devorlarni qurish, gidroizolyatsiya qilish hamda hududni to‘liq shag‘allashtirish ishlari yakunlangan.

Oqrabot MFY
Oqrabot mahallasida qurilishi davom etayotgan biznes majmuasi 3 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 572,4 kvadrat metrni tashkil etadi. Qurilish maydonida kotlovan qazish va shag‘allash ishlari yakunlandi. Betonlashtirish hamda armatura to‘rlarini o‘rnatish ishlari tugallandi. Asosiy poydevor to‘liq barpo etilib, binoning tayanch stakanlari va ustunlari o‘rnatildi. Parda devorlarni qurish ishlari yakunlanib, payvandlash ishlari olib borilmoqda. Beton stakanlar to‘liq gidroizolyatsiya qilinib, qurilish hududi qayta to‘ldirish ishlari bilan yakunlandi.

Xalqobod MFY
Xalqobod mahallasida qurilishi rejalashtirilgan biznes majmuasi 5 qavatdan iborat bo‘lib, har bir qavatning maydoni 1 022 kvadrat metrni tashkil etadi. Hozirda obyektni qurilishning navbatdagi bosqichlariga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Shu tariqa, G‘ijduvon tumanining bir qator mahallalarida amalga oshirilayotgan “Tayyor biznes” loyihasi doirasidagi zamonaviy biznes majmualari qurilishi belgilangan reja asosida izchil davom etmoqda. Aksariyat obyektlarda loyiha hujjatlari bo‘yicha ekspertiza jarayonlari olib borilayotgan bo‘lsa, qurilish maydonlarida poydevor ishlari yakunlanib, konstruksiyalarni montaj qilish bosqichiga o‘tilgan.

Mazkur loyihaning amalga oshirilishi hududda qulay biznes infratuzilmasini yaratish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi bandligi va daromadlarini oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tadbirkorlarga tayyor biznes obyektlarini uzoq muddatli bo‘lib to‘lash sharti asosida taqdim etish orqali ularning faoliyatini boshlash uchun yanada qulay sharoitlar yaratilmoqda. Kelgusida qurilish ishlari belgilangan muddatlarda yakunlanib, zamonaviy biznes majmualari foydalanishga topshirilishi natijasida G‘ijduvon tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsion jozibadorlikni oshirish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda. 

Bu borada MKBANK tizimidagi mas’ul tashkilotlar tomonidan qurilish ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilmoqda.

Bank Axborot xizmati




Yana ko‘ring

28 Iyul 2026

MKBANKda giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlariga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi

Tadbirda Boshqaruv raisi oʻrinbosari S.Melibayev, Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti xodimi, kapitan Ulugʻbek Altiboyev, bank xodimlari va yoshlar ishtirok etdi.

27 Iyul 2026

MKBANK tashabbuslari Buxoro viloyatida mahallalar iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda

Hududlarda qulupnaychilik, asalarichilik kooperatsiyalari va “Mikromarkazlar” tashkil etilib, yuzlab yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda.
27 Iyul 2026

“Zolotaya Korona” orqali pul o‘tkazmalari vaqtincha to‘xtatildi

25-iyuldan boshlab pul o‘tkazmalarini yuborish va qabul qilish xizmatlari vaqtincha to‘xtatiladi.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X