Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

MKBАNK Oʼzbekiston parrandachilarining VI xalqaro forumida qatnashdi

250
Yangilash: 22 Noyabr 2023, 09:17
Image
MKBАNK Oʼzbekiston parrandachilarining VI xalqaro forumida qatnashdi

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida “Oʼzbekiston parrandachilarining VI xalqaro forumi” boʼlib oʼtdi. Mazkur forumda “Mikrokreditbank” АTB ham shu yoʼnalishdagi tadbirkorlik subyektlariga kredit mahsulotlari hamda xizmat turlari bilan ishtirok etdi.

Har yili o'tkazilishi an'anaga aylangan ushbu anjumanda dunyoning 20 davlatidan 100 dan ortiq yirik xorijiy parrandachilik kompaniyalari, xamda 300 dan ortiq mahalliy parrandachilar va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Mazkur forum Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-noyabrdagi “Parrandachilikni yanada rivojlantirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida” 4015-son qarori, 2021-yil 14-iyundagi 5146-sonli va 2022-yil 15-iyundagi 281-sonli qarorlari boʼyicha parrandachilik sohasini rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlash, “Parrandasanoat” uyushmasiga mamlakatda akkreditatsiyadan oʼtgan diplomatik vakolatxonalar, xorijiy sayyohlar, turli mamlakatlarning parrandachilik sohasi vakillari, ekspert va mutaxassislarni keng jalb qilgan holda parrandachilikka oid xalqaro forum va koʼrgazmani oʼtkazish topshirigʼiga asosan oʼtkazildi.

Ushbu qarorlarga muvofiq parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 mln. АQSh dollari miqdoridagi resurs mablagʼlaridan 1-bosqichda 529,2 mlrd. soʼm mablagʼ Mikrokreditbankka ajratildi.

5 (14).png
Oʼtgan davr davomida, ushbu resurs mablag'lari hisobidan 228 ta parrandachilik loyihalariga jami 641,1 mlrd. soʼm miqdorida kredit mablagʼlari ajratilgan. 2021-yilda 135 ta loyihaga 302,5mlrd. coʼm, 2022-yilda 79 ta loyihaga 221,9 mlrd. coʼm, 2023-yida 14 ta loyihaga 117,1 mlrd. soʼm kredit mablag'lari yo'naltirildi. 

Аjratilgan kreditlar hisobiga parrandachilik xoʼjaliklari tomonidan 485 mlrd. soʼmlik 100 ming tonna ozuqa, 94,4 mlrd. soʼmlik 6,3 mln.bosh parranda, 12,8 mlrd. soʼmlik uskunalar, 34,3 mlrd. soʼmlik inkubatsion tuxum, vaktsina va boshqa zaruriy mahsulotlar olib kelingan. 

Bu kabi ishlar natijasida parrandachilik xoʼjaliklarining parranda boqish quvvatlari 43 foizdan 83 foizga yetkazilishiga erishildi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda parrandachilik sohasini rivojlantirish, qoʼllab-quvvatlash, ayniqsa, yetakchi mamlakatlar bilan sohada hamkorlik aloqalarini oʼrnatishda ichki va tashqi bozordagi talab sifatini taʼminlash va raqobatbardosh mahsulotlarni yetkazish, parrandachilik hoʼjaliklari tarmogʼini yanada kengaytirish, barcha mexanizm sharoitlarini oʼrganish va olib kirish, ish oʼrinlarini yaratishda aholi qatlamini jalb qilish masalasida samaradorlik sari qadam qoʼyilmoqda. 

3 (21).png

Forum doirasida АQSh, Xitoy, Indoneziya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Belorusiya, Rossiya, Ukraina, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Tojikiston va boshqa davlatlarning ilgʼor kompaniyalari mutaxassislari tomonidan, xozirgi kunda parrandachilik sohasidagi dolzarb masalalar boʼyicha taqdimotlar oʼtkazilib, ular bilan mahalliy mutaxassislarimiz oʼrtasida, texnika-texnologiyalar harid qilish va ularni moliyalashtirishda xorijiy kredit va lizing mablagʼlarini jalb qilish boʼyicha kelishuvlar amalga oshiriladi. 

Shu bilan birga mazkur xalqaro forum doirasida, parrandachilik uyushmasi tomonidan xorijdan kelgan kompaniyalarning Oʼzbekiston parrandachilik korxonalari bilan yaqindan tanishtirish va kelgusida hamkorlik masalalarini mustahkamlash maqsadida “B2B” uchrashuvlar, xizmat sayohatlari hamda turli tadbirlar tashkil etilgan. Ularga avvalgi anjuman doirasida tayyorlanib, 2023-yildagi axborotlar bilan boyitilan “Oʼzbekiston parrandachilar maʼlumotnomasini” (Spravochnik) ham taqdim etiladi. 

“Oʼzbekiston parrandachilarining VI-xalqaro forum”da parrandachilik sohasida faoliyat olib boruvchi xalqaro mutaxassislar va mahalliy tadbirkorlar minglab yangi istiqbolli shartnomalar imzolashga erishdi. Yangi kelishuvlar platformasi vazifasini bajarangan anjumanda, Oʼzbekiston eksport-import salohiyatiga sezilarli taʼsir oʼtkazuvchi hamkorlik loyihalari ham muhokama qilindi. 

Bank Аxborot xizmati



Yana ko‘ring

6 Mart 2026

Bayram kunlaridagi ish tartibi!

7, 8 va 9-mart kunlari ishlaydigan navbatchi shoxobchalar ro'yxati
2 Mart 2026

MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

3-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi
2 Mart 2026

Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Shartnomaga ko‘ra, qo‘shimcha rag‘batlantirish miqdori bajarilgan ish darajasiga qarab to‘lanadi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X