
Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, atrof-muhitni ifloslanishdan saqlash va yirik shaharlarimizda avtomobil harakati intensivligini kamaytirish maqsadida bankimizda navbatdagi "Avtomobilsiz kun" aksiyasi oʻtkazildi.

Bunday tadbirlar atmosferaga zararli moddalar chiqishini kamaytirish, shaharlarimizdagi shovqin darajasini pasaytirish, shuningdek, atrof-muhitga masʼuliyatli yondashuvni shakllantirishga qaratilgan.

Aksiyaga qoʻshiling va ekologiya, salomatlik hamda qulay harakatlanish yoʻlida MKBANK bilan birga bo‘ling.

Unutmang, sizning hissangiz mamlakatning toza havosi va ekologik farovonligiga muhim hissa qoʻshadi.
Bank Axborot xizmati

















