Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11780
Sotish
11860
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11780
11860
11797.46
EUR
13000
14000
13608.37
RUB
140
139.77
GBP
15600
16600
15874.66
CHF
14200
15200
14404.71
JPY
50
100
76.09
Kurs 17.09.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Muqaddasdir Vatan bayrogʼi!

...
Yangilash: ...
Image
Muqaddasdir Vatan bayrogʼi!

Bugun, 18 noyabr – Oʼzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʼi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mikrokreditbank” АTBda ham bank xodimlari ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.

Maʼlumki, har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollari boʼladi. Davlat ramzlari deb atalmish ushbu muqaddam timsollarga ega boʼlish uchun, uni dushman qoʼliga topshirmaslik maqsadida tarixda jangu jadallar boʼlgan. Davlat ramzlari azal-azaldan ajdodlar tomonidan muqaddas timsol sifatida hamisha koʼz qorachigʼiday asrab-avaylab kelingan.

Аna shunday ramzlardan biri mamlakatimizning davlat bayrogʼidir. Doimo oʼzbek xalqining shon-sharafi va gʼururidek yuksaklarda hilpirab turgan bayrogʼimiz 1991-yil 18-noyabrda Oʼzbekiston Respublikasi "Davlat bayrogʼi toʼgʼrisida”gi qonuni qabul qilingan kundan boshlab davlat suverenitetining ramziga aylandi va shu kundan boshlab, bayrogʼimiz Oʼzbekiston delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga safarlari chogʼida, davlatimizning chet ellardagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalarida, xalqaro konferensiyalarda, jahon koʼrgazmalarida, sport musobaqalarida, yurtimizdagi barcha rasmiy idoralarda ozod va obod Vatanimiz timsoli sifatida yuksaklarda parvoz qilmoqda.

Shayx Najmiddin Kubroning jasoratini tarixdan yaxshi bilamiz. Odatda, bayrogʼimiz qabul qilingan kun munosabati bilan oʼtkaziladigan katta-kichik tadbirlardagi maʼruzalarda, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarda buyuk bobomiz Najmiddin Kubro jasorati eslanadi. 

Manbalarda aytilishicha, Najmiddin Kubro ogʼir yarador holida bosqinchilar bayrogʼini gʼanim yalovbardori qoʼlidan yulqib oladi. Bu aslida, dushman uchun ogʼir zarba edi. Bir muddat moʼgʼullar dovdirab qolishadi, chunki bayroqning tushirilishi magʼlubiyatdan darak edi. Yogʼiylar shayxning ustiga tashlanishib, bayroqni uning qoʼlidan tortib olmoqqa intiladilar, ammo bu ish oson kechmagani afsonaga aylanib ketganki, hozirda ham shu gaplar ogʼizdan-ogʼizga koʼchib yuradi...

Bu haqda tadbir ishtirokchilariga maʼlumotlar taqdim etilib, ular bilan bayrogʼimizning qadri va faxrimiz ekanligi toʼgʼrisida suhbatlashildi. Shuningdek, tadbir davomida bank xodimlari oʼrtasida tanlov oʼtkazildi. Tanlovda tadbir ishtirokchilari oʼzlariga ajratilgan “sanoqli predmetlar” (qogʼoz, ruchka va qalam) asosida davlat bayrogʼining rasmini chegaralangan vaqtda chizib berishlari kerak edi. Samimiy va xodimlar uchun kutilmagan tarzda oʼtgan tadbirda gʼoliblar ovoz berish orqali aniqlanib, bankning esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanishdi. 

photo_2022-11-18_20-31-20.jpg

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulugʼ sanaladi. Chunki u xalqning oʼtmishi, buguni va kelajagini oʼzida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

Bayrogʼimizning balandligi yurtimizning obroʼ-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland koʼtaraylik!

photo_2022-11-18_20-31-22.jpg

Bank Аxborot xizmati



Yana ko‘ring

17 Sentyabr 2026

Arnasoyda aholi daromadini oshirishga qaratilgan loyihalar kengaytirilmoqda

Yil yakuniga qadar 1 000 ta xonadonda 3 000 bosh naslli chorva mollari yetishtirish rejalashtirilgan.
17 Sentyabr 2026

MKBANK va Belarus elchisi — yangi hamkorlik imkoniyatlari sari

Uchrashuv faktoring yo‘nalishida investorlarni jalb etishga qaratilgan
16 Sentyabr 2026

MKBANK va FOTON — biznes uchun yangi imkoniyatlar sari!

Avvalroq MKBANK va FOTON o‘rtasidagi hamkorlik doirasida Avto Express kredit moduli ishga tushirilgan edi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X