
Ijtimoiy tarmoqlarda Tadjibayev R.S. tomonidan imtiyozli kredit ajratilishi yuzasidan bildirilgan murojaat “Mikrokreditbank” ATB Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida murojaatchiga amaldagi tartibga muvofiq, kredit ajratish masalasi tegishli shtab tomonidan ko‘rib chiqilishi hamda tuman hokimining yakuniy xulosasi asosida hal etilishi tushuntirildi.
Mazkur masala yuzasidan murojaatchi bilan bank xodimlari uchrashib, fuqaroga belgilangan tartibda qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.
















