
Joriy yilning 4-dekabr kuni “Mikrokreditbank” ATB Namangan viloyat hududiy boshqarmasida korrupsiya qarshi kurash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Unda bankning barcha BXO (BXM) rahbarlari hamda hududdagi xodimlar ZOOM orqali ishtirok etishdi.

Tadbirda qatnashgan viloyat Adliya boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i Dilmurod Ergashev, Namangan shahar prokuraturasi iqtisodiy sektor bo‘yicha prokuror katta yordamchilari Jahongir Xamidjonov va Shavkat Yusufjonovlar tomonidan amaliy misollar bilan ma’ruza qilishdi.

Shuningdek, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga, adolatga va insonlar o‘rtasidagi ishonchga eng katta xavf tug‘diruvchi illat ekanligini ta’kidlashdi. U nafaqat iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtirishi, balki davlat va fuqarolar o‘rtasidagi ishonch poydevorini ham zaiflashtirishi, korrupsiyaga qarshi kurash faqat bir kunlik emas, balki kundalik hayotimizda qat’iy amal qilinishi lozim tamoyil bo‘lishi zarurligi qayd etildi.
Bank Axborot xizmati

















