Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
12010
Sotish
12125
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
12010
12125
12023.46
EUR
12700
13700
13461.47
RUB
150
149.44
GBP
15500
16500
16146.3
CHF
13800
14800
14653.82
JPY
50
100
76.59
Kurs 30.10.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar Berlinda eʼtirof etildi

...
Yangilash: ...
Image
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlar Berlinda eʼtirof etildi

Berlin shahrida rasmiy tashrif bilan boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Ayollarning jamiyatdagi roli: Oʻzbekiston-Germaniya tadbirkor ayollari anjumani”da ishtirok etdi.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Dilshod Axatov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi qoshidagi tadbirkor ayollar Kengashi raisi Nozima Davletova, “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova, “Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash kompaniyasi rahbari Dilfuza Nurmatova, Berlin federal oʻlkasi Ichki ishlar va sport senatori Iris Shpranger, “Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Matias Fos, ikki mamlakatning faol tadbirkor ayollari hamda Germaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar qatnashdi. 

12 (13).png

Anjumanda quyidagi mavzularda qizgʻin muhokamalar olib borildi:
 • “Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotining Oʻzbekistondagi faoliyati va loyihalari;
 • Oʻzbek xotin-qizlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
 • Ayollarga koʻmak va maslahat berish tizimlari;
 • “SES” tashkilotining ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashdagi roli;
 • Madaniyat va iqtisodiyot orqali ayollar faolligini oshirish;
 • Ayol olimalarning xalqaro hamkorlikdagi ishtiroki;
 • Oʻzbekistonlik hunarmandlar mahsulotlarini Germaniya bozoriga chiqarish yoʻllari.

Anjumanda soʻz olgan Shaxlo Ibragimova, Oʻzbekistonda xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, tadbirkorlikka jalb etish va biznes tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi:

4 (101).png

— Prezidentimizning topshiriqlariga muvofiq, tijorat banklari, jumladan, Mikrokreditbank tomonidan xotin-qizlar biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida bir qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy 2025-yilda “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish”, “Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash”, “Hamroh” dasturlari, “Biznesga birinchi qadam”, “Mahalla-biznes” va “Mening mahallam” kabi kreditlar orqali ayollar biznesi uchun 1 trillion 73 milliard soʻmlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu orqali 48 mingdan ziyod ayollar tadbirkorlikka jalb qilindi. Yil yakuniga qadar esa yana 1 trillion soʻmdan ortiq imtiyozli kredit ajratish rejalashtirilgan.

2 (113).png

Anjumanda Mikrokreditbank mijozi boʻlgan tadbirkor ayollarning chiqishlari alohida eʼtirof etildi. 

“Voris kashtachilari” MCHJ rahbari Shaxnoza Sharipova Mikrokreditbank koʻmagida erishgan yutuqlari haqida soʻz yuritar ekan, milliy hunarmandchilik sohasini rivojlantirishdagi imkoniyatlar bilan qatnashchilarni ilhomlantirdi. Samarqandlik tadbirkor Umida Baxriddinova esa germaniyaliklarni oʻzining shinam mehmonxonasiga taklif etib, mintaqaviy turizm salohiyatini namoyon etdi.

6 (83).png

Anjumanda ikki mamlakat tadbirkor ayollari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, tajriba almashish va yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish borasida kelishuvlarga erishildi. 

Tadbir yakunida Mikrokreditbank, “Sparkassenstiftung for International Cooperation” hamda “Hamroh” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

3 (115).png

Shuningdek, ikki davlat tadbirkorlarining oʻzaro sayohatlarini tashkil etish, onlayn forumlar va mahsulotlar almashinuvi kabi qoʻshma dasturlarni amalga oshirishga kelishib olindi. 

Oʻzbekiston delegatsiyasining Berlindagi rasmiy tashrifi davom etmoqda.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

30 Oktyabr 2026

Marhamat BXM faoliyati yuzasidan bildirilgan murojaat o‘rganildi

BXM rahbariga nisbatan intizomiy chora qo‘llash yuzasidan qaror qabul qilingan
30 Oktyabr 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

31-oktabr va 1-noyabr (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
29 Oktyabr 2026

Mikrokreditbankda “Dolzarb to‘rt oylik”ka bag‘ishlangan ishlar yuzasidan Brifing

Mazkur o‘rganishlar aholining ehtiyojlarini aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlikka jalb etishga xizmat qilmoqda.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X