Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11765
Sotish
11850
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11765
11850
11808.76
EUR
13000
14000
13404.12
RUB
141
142.16
GBP
15100
16100
15691.48
CHF
13800
14800
14149.01
JPY
50
100
75.2
Kurs 30.09.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Poytaxtimizdagi mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda

...
Yangilash: ...
Image
Poytaxtimizdagi mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda

Taniqli adabiyotshunos O‘zbekiston qahramoni Ozod Sharafiddinov farzandlarinig tarbiyasidan nolib maslahat so’rab kelgan kishiga: “Farzandlaringizning qo‘liga kitob tutqazing. Kitob ularga hayotni, turmushning qiyinchilklariga dosh berishni, sabrni va qanoatni o‘rgatadi” degan ekanlar. 

Darhaqiqat, inson ma’naviyatini oshiradigan, so‘z boyligini to‘ldirib boradigan eng muhimi, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan eng yaqin do‘st bu kitobdir.

Davlatimiz rahbari “Kitobsiz taraqqiyotga, yuksak maʼnaviyatga erishib boʻlmaydi. Dunyodagi har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda oʻzining intellektual salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir. Bunday yengilmas kuch manbai esa, avvalo, insoniyat tafakkurining buyuk kashfiyoti – kitob va kutubxonalarda, – deb bejiz taʼkidlamaganlar.

Bugun “Mikrokreditbank” ATB tashabbusi bilan poytaxtimizdagi qator mahallalarda shinam va ko‘rkam kutubxonalar tashkil etilib, foydalanishga topshirilmoqda. Ulardan biri poytaxtimizdagi Yangi hayot tumani “Olchazor” mahallasida yangi tashkil etilgan kutubxonadir. 

cd2b9246-9144-4802-b3ca-d1d7f5305804.png

Ushbu ziyo maskanida o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlari, iqtisodiy kitoblar, bolalar adabiyoti hamda turli janrlarda chop etilgan adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega jami 2 mingga yaqin kitoblar o‘rin olgan bo‘lib, bu ma’naviyat maskani mahalla ahli uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi. Shuningdek, kutubxonada shaxmat o‘ynashga qiziquvchilar uchun ham alohida joy hozirlangan.

cf1fc26e-2327-4dd1-a3a2-558d2d258fac.png

Mazkur kutubxonaning ochilishi yosh-u keksaga chinakam quvonch bag‘ishlaydi, desak adashmaymiz. Chunki endi nafaqat yoshlar, balki keksa avlod ham bo‘sh vaqtini ana shu ziyo maskanida o‘tkazishi mumkin.

2024-yil 1-mart holatiga ko‘ra, “Olchazor” mahallasida 5287 nafar aholi, shu jumladan, 2 544 nafar yoshlar, 2 541 nafar xotin-qizlar istiqomat qiladi. 

Yana bir kutubxona Olmazor tumanidagi “Xonchorbog‘” mahallasida ham eng yangi kitoblar bilan boyitilgan holda tashkil etildi.

6a4992ef-2a1c-4165-9631-0084d355143e.png

Bu yerdagi kutubxonada ham mahalladagi turli soha va qatlam vakillari o‘zlari uchun zarur kitoblarni topishlari, shuningdek, shaxmatga qiziquvchilar shaxmot o‘ynashlari mumkin. Yoshlar va keksalarni bir manzilga to‘playdigan shinam go‘shada ayni damda 1,5 mingdan ortiq badiiy va tarjima adabiyotlar, ertak kitoblar, turli ensiklopediya va yurtimiz tarixiga oid kitoblar mavjud.

Mikrokreditbankka biriktirilgan yana bir hudud - Chilonzor tumanidagi 5000 dan ortiq aholi yashaydigan “Sharq” mahallasi bo‘lib, u yerda ham zamonaviy va shinam kutubxona tashkil etildi. Mingdan ortiq badiiy va tarjima adabiyotlar, iqtisodiy va motivatsion kitoblar, bolalar adabiyoti va yurtimiz tarixiga oid kitoblar mahalla ahli uchun ajoyib tuhfa bo‘ldi. Bu mahallada ham shaxmatga qiziquvchilar uchun shaxmot o‘ynashlariga sharoit yaratildi.

f004d889-dc7b-4cdb-87a6-9ebb87932137.png

Ayniqsa, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi, kitobga o‘zgacha mehr qo‘ygan Dilnoza Aliyeva ancha vaqtdan buyon ishsiz bo‘lib, bugun bu kutubxonaning ochilganidan juda xursandligini va sevimli ishi bilan shug‘ullanishidan mamnunligini yashirmadi.  

E’tiborlisi shundaki, mahallalardagi bu kabi ko‘rkam kutubxonalarning tashkil etilishi nafaqat aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga, balki shu hududda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qiladi. 

Mikrokreditbank esa bunday xayrli ishlarda doim xalqimizga kamarbasta bo‘lishga intiladi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

30 Sentyabr 2026

MKBANKda maʻnaviy-maʻrifiy uchrashuv oʻtkazildi

Mutaxassis va olimlar tomonidan mavzuga oid maʻruzalar qilinib, Prezidentimiz nutqida ilgari surilgan muhim gʻoya va tashabbuslarning mazmun-mohiyati atroflicha yoritib berildi.

30 Sentyabr 2026

Bayram kunlari ham ishlaymiz!

1- oktyabr "Ustoz va murabbiylar" kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 1-oktyabrni dam olish kuni deb e'lon qildi
25 Sentyabr 2026

SWIFT o‘tkazmalarida maxsus tarif: qo‘shimcha to‘lovlar bekor qilindi

Maxsus tarif 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X