Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Sardobada xotin-qizlar tadbirkorligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar

...
Yangilash: ...
Image
Sardobada xotin-qizlar tadbirkorligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar

Joriy yilning 27-sentabr kuni “Mikrokreditbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Shaxlo Ibragimova, Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish departamenti vakillari hamda “Mikrokreditbank” ATB Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshqaruvchisi Ilhom Iskanovlar Sirdaryo viloyatining Sardoba tumaniga tashrif buyurdi. Tadbirda shuningdek, Sardoba tuman hokimligi, tuman faollari va xotin-qizlar ishtirok etishdi. 

08.jpg

Tashrifdan koʻzlangan maqsad, sardobalik xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish, taklif va tashabbuslarini oʻrganish, shu bilan birga tadbirkor ayollar faoliyati bilan tanishishdan iborat. 

Tashrif avvalida xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, muammo va murojaatlarini oʻrganish maqsadida tuman xotin-qizlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan yangi mahsulotlar, imtiyozli kreditlar va ulardan foydalanish tartibi boʻyicha maʼlumotlar berildi.

02.jpg

Tadbir davomida “Mikrokreditbank” ATBning moliyaviy koʻmagida oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar koʻrgazmasi ham tashkil etildi.

07.jpg

Masalan, tumanning  Navroʻz mahallasida istiqomat qiluvchi Munira Dulonova asalarichilik faoliyati bilan shugʻullanadi. Buning uchun bank tomonidan dastlab 33 mln. soʻm miqdorda imtiyozli kredit  ajratilgan edi. Kreditlarni oʻz vaqtida soʻndirib, yana 30 mln. soʻm miqdordagi imtiyozli kreditdan foydalangan holda faoliyatini yanada kengaytirdi. Munira opa xonadonida bugungi kunda 50 ta asalari oilasi parvarishlanmoqda. Koʻrgazmada oʻz mahsulotlarini namoyish etar ekan, u bugungi kunda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar natijasida yuqori daromadga ega boʻlayotganini va tez orada maxsus brend ostida mahsulotlarini ichki bozorga chiqarishini bildirdi. 

05.jpg

Yana shu kuni tumanda tashkil etilgan Monomarkazdagi xotin-qizlarni kasb-hunarga va tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish borasidagi ishlar ham koʻzdan kechirildi. 

06.jpg

O‘qishni tugatayotgan yoshlarga mustaqil ravishda faoliyat boshlashi uchun takliflar berildi. Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda xotin-qizlar bandligini taʼminlash boʻyicha amaliy ishlarning salmogʻi Sardoba tumanida sezilarli darajada ortdi. Dastur asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish boʻyicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil etilishi boʻyicha mahallalar kesimida manzilli rejalar belgilab olindi. Natijada esa bugungi kunda Sardoba tumanidagi 900 nafarga yaqin xotin-qizlar kasb-hunar, tadbirkorlik koʻnikmalari va moliyaviy savodxonlikka oʻqitildi. Yil yakuniga qadar yana 600 nafarga yaqin xotin-qizlarni tumandagi Monomarkazda oʻqitish rejalashtirilgan.  

04.jpg

03.jpg

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 7-martdagi "Xotin-qizlar tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadiga qaratilgan amaliy ishlar davom etadi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

5 Dekabr 2025

MKBANK: Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!

Tadbirda xotin-qizlarni har qanday zo‘ravonlikdan, xususan, raqamli makondagi tahdidlardan himoya qilish muhim ekanligi ta’kidlandi. 

4 Dekabr 2025

Bayramda ish tartibimiz!

Dam olish kunlarida "MAVRID" ilovasidan 24/7 rejimda masofadan turib foydalanishingiz va barcha to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin!

2 Dekabr 2025

MKBANK PAYSEND xalqaro pul o‘tkazmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

MKBANK mijozi bo‘lsangiz, pul o‘tkazmalarini yuborish yoki qabul qilib olish uchun bankka tashrif buyurishingiz shart emas.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X