
Bugun Mikrokreditbank Boshqaruvi rahbariyati ishtirokida Fargʻona va Jizzax viloyatlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi.


Uchrashuvlarda tadbirkorlarning dolzarb masalalari, yangi loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlari va bank tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Bank vakillari tomonidan mavjud imtiyozli kredit mahsulotlari, garovsiz moliyaviy ko‘mak turlari va qo‘shimcha xizmatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Muloqot yakunida ilgari surilgan taklif va murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bank Axborot xizmati


















