
O‘zbekiston futboli tarixida muhim o‘rin egallagan voqealardan biri – milliy terma jamoamizning FIFA Jahon chempionatiga tarixiy yo‘llanma olishi sharafiga maxsus esdalik tangalari muomalaga chiqarilgan.
Mazkur tangalar nafaqat qimmatbaho metaldan tayyorlangan mahsulot, balki mamlakatimiz sport tarixidagi yuksak yutuqni ifodalovchi noyob kolleksiya namunasi hamdir.
Oltin esdalik tangasi
999,9 asllik
31,1 gramm
Kumush esdalik tangasi
999,9 asllik
31,1 gramm
Cheklangan nusxada zarb etilgan ushbu tangalar numizmatika ixlosmandlari, kolleksionerlar hamda tarixiy voqealarni qadrlovchilar uchun munosib tanlov hisoblanadi.
Tarixiy lahzalarni qadrlang va ularni o‘z kolleksiyangizning ajralmas qismiga aylantiring. Esdalik tangalarini MKBANK filiallari orqali xarid qilishingiz mumkin.

















