
Termiz Iqtisodiyot va Servis Universitetida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Joriy yilning 19-aprel kuni «Mikrokreditbank» ATB hamkorligida Termiz Iqtisodiyot va Servis Universitetida talaba-yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda bank Boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxadir Allaniyazov, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Muloqot davomida yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, biznes loyihalarni rivojlantirish, kredit olish jarayonlari va bandlik masalalari muhokama qilinib, talabalar tomonidan qator savol va takliflar bildirildi.
Uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ular bilan ochiq fikr almashish maydoniga aylandi.
Bank Axborot xizmati

















