Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11880
Sotish
11965
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11880
11965
11915.64
EUR
13000
14000
13749.46
RUB
147
146.19
GBP
15600
16600
16034.88
CHF
14200
15200
14719.75
JPY
50
100
75.48
Kurs 06.08.2026 11:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Toshkent viloyatiga navbatdagi press-tur tashkil etildi

245
Yangilash: 26 Mart 2025, 10:38
Image
Toshkent viloyatiga navbatdagi press-tur tashkil etildi

Joriy yilning 25-mart kuni bank tomonidan moliyalashtirilgan Toshkent viloyatidagi “Umid” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga bir guruh OAV vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

2 (40).png

Bugungi kunda mamlakatimizda parrandachilikka katta eʼtibor qaratilmoqda. Chunki aynan parrandachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishida asosiy ahamiyat kasb etib, qishloqlarda odamlarning ish bilan band boʻlishiga hissa qoʻshadi. 

3 (39).png

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-son “Chorvachilik va parrandachilikni qoʻllab-quvvatlash, sohada yuqori qoʻshilgan qiymat yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Parrandachilik sohasida aholi xonadonlari bilan kooperatsiya asosida ishlash tizimini moliyalashtirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlari “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirishga yoʻnaltirilgan bo‘lib, ayni damda mazkur mablagʻlar hisobiga respublikaning barcha hududlarida parrandachilikning goʻsht va tuxum yoʻnalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan taʼminlash boʻyicha “Parranda boqish — daromad topish” loyihasini amalga oshirish belgilangan.

6 (27).png

Ushbu loyiha aholi bandligini taʼminlash maqsadida kam quvvatda ishlayotgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, tijorat banklari balansidagi xoʻjaliklarni salohiyatli yirik korxonalarga biriktirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash tarmoqlari oʻrtasida kooperatsiya tizimini tashkil etish hamda yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

7 (18).png

Mazkur kredit mablagʻlari kooperatsiya tizimi asosida parrandachilik loyihalarini amalga oshirish tashabbusini koʻrsatgan xo‘jalik subyektlariga ajratiladi.

Qaror ijrosi va shu yoʻnalishdagi korxonalar faoliyatini keng yoritish maqsadida bank tomonidan moliyalashtirilgan Toshkent viloyatidagi “Umid” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tashkil etilgan press-tur davomida qatnashchilar korxonada parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. 

4 (31).png

Korxonaning Yangiyoʻl tumani Boʻzsuv mahallasida joylashgan 56 ta parranda (yillik quvvati 7,5 mln bosh broyler) boqish binolarida yiliga 9 ming tonna parranda go‘shti yetishtirish hamda ichki bozorlarga yetkazib berish quvvatlari mavjud.

Shuningdek, 1 ta ozuqa ishlab chiqarish kompleksida yiliga 12,5 ming tonna ozuqa ishlab chiqariladi. 1 ta tovuq soʻyish kompleksida esa soatiga 4 ming bosh parranda soʻyiladi. Korxonadagi 1 ta muzlatkich 1,2 ming tonnagacha mahsulotni o‘zida saqlaydi. 

Bundan tashqari, koxonada 157 ming bosh naslli parrandani boqish quvvati mavjud bo‘lib, yiliga 19 mln dona inkubatsion tuxum va 12 mln bosh 1 kunlik broyler jo‘jalar yetishtirish quvvatiga ega.

Korxonaning parrandachilik faoliyatini rivojlantirish loyihasiga “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 75 mlrd soʻm miqdorida kredit ajratilgan.

Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida korxona tomonidan viloyatdagi boʻsh turgan va past quvvatda faoliyat yuritayotgan parrandachilik xoʻjaliklari bilan kooperatsiya asosida parranda boqish yoʻlga qoʻyilmoqda. 

Eng muhimi, ushbu korxonada hozir 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. 

Maʼlumot uchun, “Mikrokreditbank” ATB tomonidan joriy yil boshidan buyon tadbirkorlik subyektlarining investitsion loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 ta loyihaga jami 63 mlrd soʻmdan ortiq kredit mablagʻlari ajratib berildi.

2025-yilda 10,4 mlrd dona (2024-yilga nisbatan 103,8 foiz) tuxum va 850 ming tonna (105,3 foiz) tirik vaznda parranda goʻshti yetishtirish rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

7 Avgust 2026

MKBANKda bank tizimi islohotlari va yangi rivojlanish bosqichi mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun bank tomonidan ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun 21,55 foizdan boshlab ipoteka kreditlari ajratilishi yoʻlga qoʻyildi.

6 Avgust 2026

“Kitob o‘qish soati”da “Dunyoning ishlari” asari mutolaa qilindi

Asar har bir ishtirokchini o‘z hayoti, yaqinlari va qilayotgan ezgu ishlari haqida yana bir bor mushohada qilishga undadi.

6 Avgust 2026

Navbatdagi matbuot anjumaniga taklif qilamiz!

Tadbirda OAV vakillari, iqtisodiy tahlilchilar va sohaga qiziquvchi barcha ishtirok etishi mumkin.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X