
Bugun Mikrokreditbank ATB Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Ikrom Djumaniyazov Xorazm viloyatida parrandachilik sohasida faoliyat yuritayotgan 20 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolarga bank mas’ullaridan tegishli yechimlar olishdi. E’tiborlisi, uchrashuvning o‘zidayoq ikki nafar tadbirkorning muammolari joyida hal etildi.

Bunday uchrashuvlar bank va tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni ta’minlab, muammolarga tezkor yechim topish imkonini beradi.
Bank axborot xizmati


















