Ma’lumki, Mikrokreditbank tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan yurtimizda “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida tadbirkorlarga kreditlar ajratib kelinmoqda.
Bankning Bosh ofisida mazkur loyiha doirasida tadbirkorlarga kreditlar ajratish, moliyaviy hisobotlar tayyorlash, kredit portfelining risklarini baholash, muddati o‘tgan kreditlar bilan ishlash kabi masalalar bo‘yicha xalqaro ekspert Nvard Gharakhanyan ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminarda kredit ekspertlari, anderrayterlar, kredit risklarini boshqarish, o‘rta bo‘g‘in menejerlari, shuningdek, JICA dasturi bo'yicha meva-sabzavotchilikni kreditlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar ishtirok etib, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdi.
Ma’lumot uchun, Mikrokreditbank tomonidan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan yurtimizda “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rivojlantirish (2-bosqich)” loyihasi doirasida 18 mln AQSH dollari miqdorida kredit jalb etilgan.
Bank axborot xizmati.