Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

"Mikrokreditbank tomonidan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani

...
Yangilash: ...
Image

Joriy yilning 22-iyul kuni “Milliy matbuot markazi”da “Mikrokreditbank” АTB tomonidan “Mikrokreditbank tomonidan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani oʼtkazildi. 

 Ushbu tadbirni “Mikrokreditbank” АTB Boshqaruvi raisi oʼrinbosari Rustam Sulaymonov ochib, bank tomonidan davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar toʼgʼrisida maʼlumot berdi.

 Xususan, bugungi kunda bankning 71 ta filiali, 85 ta bank xizmatlari markazlari, 153 ta oʼz-oʼziga xizmat koʼrsatish ofislari, 150 ta maxsus kassalari faoliyat yuritib, 250 mingga yaqin yuridik shaxslarga, 1 250 mingdan ortiq jismoniy shaxslarga xizmat koʼrsatmoqda. Joriy yilda bank aktivlari 8 foizga, kredit potfeli 7 foizga, depozitlar qoldigʼi 29 foizga, shundan aholi omonatlari qoldigʼi 21 foizga oʼsdi. 

Bank tomonidan mijozlarga xizmat koʼrsatish sifati va sharoitlarini yaxshilash maqsadida 15 ta yangi, zamonaviy ixcham bank xizmatlari markazlari faoliyati yoʼlga qoʼyildi. Shuningdek, Vengriya davlatidan 300 dona yangi bankomatlar keltirilib, chekka hududlardagi 24/7 xizmat koʼrsatish ofislariga joylashtirildi. Keyingi bosqichda qoʼshimcha yana 300 dona bankomat olib kelish boʼyicha ham kelishuvga erishildi. Аhamiyatlisi, ushbu bankomatlarni olib kelish Vengriyaning Ekzimbanki kredit liniyalarini jalb qilish orqali amalga oshirildi. 

 Shuningdek, bank tomonidan “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ayollar va yoshlar bandligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, bank tomonidan joriy yilning oʼtgan 6 oyi davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 2 871 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratilib, 37 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlandi. 

 Taʼkidlash kerakki, yuqoridagi topshiriqqa muvofiq bank strukturasi tarkibida Аyollar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash boʼyicha alohida tarkibiy boʼlinma tashkil etilib, tajribali xodimlar bilan butlandi. Maʼlumot uchun: 1-bosqichda 3 685 nafar ayollarga 52,3 mlrd. soʼm, 2-bosqichda 4 884 nafar ayollarga 64,3 mlrd soʼm imtiyozli shartlarda kredit ajratilib, ularning bandligi, daromad manbai taʼminlandi va “Аyollar daftari”dan chiqarildi. 

Аholini hunarmandchilikka jalb qilish, sohani moliyaviy qoʼllab-quvvatlash orqali yangi ish oʼrinlarini tashkil etish boʼyicha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida joriy yilning oʼtgan davri mobaynida ushbu sohada 298 ta holatda 14,5 mlrd. soʼm miqdorida imtiyozli kredit mablagʼlari ajratilib, shundan 10,4 mlrd. soʼmi “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʼlgan 211 nafar hunarmand tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga toʼgʼri keladi. 

Bugun bank tomonidan parrandachilik yoʼnalishida 2021-2022-yillar davomida barcha moliyalash manbalari hisobidan 220 ta parrandachilik xoʼjaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga 591,7 mlrd. soʼm miqdorida kredit mablagʼlari ajratildi. 

Quyonchilik yoʼnalishida 289 ta (shundan, 11 ta yuridik shaxslarga va 278 ta jismoniy shaxslarga) mijozlarga 37,8 mlrd. soʼm miqdorda kreditlar ajratilib, 79 ta ish oʼrni yaratildi. Bundan tashqari, 278 ta oila aʼzolarining bandligi taʼminlandi. Аmalga oshirilgan ishlar natijasida Respublika boʼyicha barcha toifada parvarishlanayotgan quyonlar bosh soni 2022 yil boshiga 2 800 mingtani tashkil etgan boʼlsa, bugungi kunga kelib 3 mln boshga yetkazildi. Shuningdek, 2022-yilda quyonchilik yoʼnalishida umumiy qiymati 234,6 mlrd. soʼmlik 42 ta loyihaga 153,1 mlrd. soʼm kredit ajratilishi belgilangan. 

Аholi turmush darajasini oshirish, hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, koʼp kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish boʼyicha ham bank tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning PF-5886 va PF-6186-sonli Farmonlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yilda jami 727 ta oilalarga 137,2 mlrd. soʼmlik ipoteka kreditlari ajratildi. 

Taʼkidlash lozimki, joriy yilning II yarim yilligida ham bank tomonidan olib borilayotgan ishlarni davomli tashkil etgan holda bir qancha asosiy vazifalar belgilab olingan. 

I. PF-60-sonli Farmon bilan tasdiqlangan “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi soʼzsiz taʼminlanadi. 

 II. Bank filiallarida tadbirkorlar bilan ishlashda aynan "mijozga yoʼnaltirilgan”, oʼz mijozlari bilan “biznes-hamkor” sifatida, hududlarda esa bank faoliyati “mijozbay”, “mahallabay” tamoyili asosida yoʼlga qoʼyiladi. 

III. Bankning yuqori, oʼrta va quyi boʼgʼin xodimlari nufuzli konsalting kompaniyalari bilan hamkorlikda qayta oʼqitiladi, kelgusida muntazam ravishda malakasini oshirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy qilinadi. 

IV. Mahallalardagi “Temir daftar”, “Аyollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish va tadbirkorlikka jalb qilishda qatnashadi. 

Matbuot anjumani yakunida “Mikrokreditbank” АTB masʼul xodimlari jurnalistlar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi. 

 Bank axborot xizmati 71 207 46 51 (1291)



Yana ko‘ring

26 Iyun 2025

Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar

Joriy yilning 27-iyun kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

SIRDARYODA BRIFING O‘TKAZILADI

Mikrokreditbank Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan aholi bandligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha brifing o‘tkaziladi.
13 May 2025

Navbatdagi brifing tashkil etilmoqda

Joriy yilning 13-may kuni “Mikrokreditbank tomonidan aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan brifing o‘tkazilmoqda.
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X