Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Mikrokreditbank tomonidan yosh tadbikorlar qoʼllab-quvvatlanmoqda

...
Yangilash: ...
Image

Yoshlik – bu ajoyib, butun dunyo koʼz oldingizda boʼladigan, dunyoni yanada yaxshi tomonga oʼzgartirishga intilish tuygʼusi bor davrdir.

Oʼzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-yil 25-avgustda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash toʼgʼrisida”gi Qonuniga muvofiq mamlakatimizda 30 iyun – “Yoshlar kuni” etib belgilangan.

Bugun, yoshlar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Zero, yoshlarning bandligi, uy-joy taʼminoti, boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazishi, taʼlim olish va kasb oʼrganishga boʼlgan talabi davlatimizning doimiy diqqat markazidadir.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizdagi yoshlarning tadbirkorlik gʼoyalarini, startap loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash orqali ularning bandligini taʼminlash boʼyicha bank tizimi oldiga qoʼyilgan vazifalar ijrosi yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Buni Mikrokreditbank misolida koʼradigan boʼlsak, bankning bugungi faoliyati asosan yoshlarning mikromoliyaviy resurslardan erkin foydalanishiga qulayliklar yaratishga yoʼnaltirildi.

Birinchidan, bank strukturasida yoshlarga oid dasturlar bilan ishlash boʼyicha Rais oʼrinbosari, tegishli tarkibiy boʼlinma hamda har bir viloyat mintaqaviy filiallarida boshqaruvchi oʼrinbosari lavozimlari joriy etildi.

Ikkinchidan, “Mahallabay” va “fuqarobay” ishlash tizimi asosida ishsiz yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilishni yoʼlga qoʼyuvchi “Bank agenti” tizimi yaratildi.

Bunda, mahallani yaxshi biladigan hamda yoshlarni oʼz ortidan ergashtira oladigan, ijtimoiy faol 1 100 nafar yoshlarbilan uchrashilib, 696 nafar yoshlar “Аgentlik” shartnomasi asosida bankka ishga jalb qilindi.

Bugungi kunga qadar, ushbu Аgentlar tomonidan 18 279 ishsiz yoshlar tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilinib, ularning loyihalarini moliyalashtirish uchun 539 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar ajratildi.

Uchinchidan, bankka onlayn kredit buyurtmalari yuborish, taʼminotchilar bilan mahsulot, xomashyo, uskunalar yetkazib berish munosabatlarini erkin amalga oshirish imkonini beruvchi Yagona elektron platforma ishga tushirildi. Shuningdek, ushbu platformada bank va taʼminotchilardan foydali maʼlumotlar olish, biznes-reja tanlash, taʼminotchi topish kabi qoʼshimcha imkoniyatlar ham yaratildi.

Toʼrtinchidan, yoshlarga tadbirkorlikni tashkil qilishga yoʼl-yoʼriq koʼrsatish, loyiha samaradorligini oshirish maqsadida, aniq hisob-kitoblarga asoslangan 160 ta startap loyihalar boʼyicha tayyor namunaviy biznes-rejalar ishlab chiqildi va ishsiz yoshlarga taklif etildi.

Bugungi kunga qadar, respublika hududlaridagi 18 279 nafar ishsiz yoshlar bank tomonidan taklif etilgan ushbu namunaviy loyihalar asosida oʼz tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilishga erishdilar.

Beshinchidan, sertifikat olgan yoshlarga kredit ajratishning soddalashtirilgan mexanizmi yaratildi, bank boʼlinmalari Sektor rahbarlari bilan birgalikda “mahallabay” va “pastdan yuqoriga” tamoyili asosida ishlash tizimiga oʼtkazildi.

Mazkur ishlarni amalga oshirilishi natijasida:
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida Mikrokreditbank tomonidan joriy yil boshidan buyon aholi va tadbirkorlik subʼektlari 1 296 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar ajratish hisobiga 49 927 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

Mazkur imtiyozli kreditlarning 70 foizga yaqini yoki 850 mlrd. soʼmi 29 367 nafar ishsiz yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʼlga qoʼyishiga yoʼnaltirildi. Buning natijasida, 32 mingga yaqin yoshlarning bandligi taʼminlandi.

Har bir hududning, mahallaning “oʼsish nuqtalari”ni aniqlagan holda imtiyozli kreditlar ajratish mexanizmini yoʼlga qoʼyilishi natijasida, oʼtgan yilning mos davriga nisbatan imtiyozli kreditlar 720 mlrd. soʼmga yoki yetti barobarga, yoshlar bandligi taʼminlash koʼrsatkichi 24 mingtaga oʼsdi.

Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratishni respublika boʼyicha koʼradigan boʼlsak, Аgrobank, Xalq banki va Mikrokreditbank tomonidan 92 282 nafar yoshlarga 2,3 trln. soʼm kreditlar ajratilgan.

Bundan tashqari, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 16 mingdan ziyod yoshlar 410 mlrd. soʼm miqdoridagi mikrokreditlardan foydalangan holda, oʼzlarining tadbikorlik faoliyatini amalga oshiish imkoniyatiga ega boʼldilar.

Daftar asosida Аgrobank, Xalq banki va Mikrokreditbank tomonidan 44 822 nafar yoshlarga 1,0 trln. soʼmdan ortiq kreditlar ajratilgan.

Shuningdek, ajratilgan mikrokreditlar hisobiga maxsus sertifikatga ega boʼlgan 15 771 nafar yoshlarning 470 mlrd. soʼmlik loyihalari moliyalashtirildi va natijada 16 mingga yaqin yoshlarni bandligi taʼminlandi.

Sertifikat asosida Mikrokreditbank, Аgrobank va Xalq banki tomonidan 26 871 nafar yoshlarga 745 mlrd. soʼm kreditlar ajratilgan.

Misol uchun, Buxoro shahrida yosh tadbirkor “Kosmetic Star” MJCh rahbari Sardor Shomurodovga sertifikat asosida har xil turdagi kir yuvish kukinlari ishlab chiqarish loyihasiga Mikrokreditbank tomonidan 225,0 mln. soʼm miqdorida mikrokredit ajratilgan bunining natijasida, mazkur yosh tadbirkor 6 nafar fuqarolarning bandligini taʼminlagan. Quvonarlisi bugun bunday yosh tadbirkorlarimizdan yuzlab misol keltirishimiz mumkin.

Yangi Oʼzbekiston – obod va farovon, demokratik mamlakatimizni barpo etishda yoshlarimizning alohida oʼrni bor. Ular oʼz vatanparvarliklari, bilimlari va malakasi, gʼayrat-shijoatlari, tashabbuskorliklari bilan uchinchi Renessans ijodkorlari ekanliklarini namoyon etishga qodirlar.

Bank axborot xizmati



Yana ko‘ring

20 Aprel 2026

Pul yuborish va qabul qilish endi yanada oson

UPT, RIA, Astrasend va Asia Express — endi MAVRID ilovasida!
17 Aprel 2026

Izboskan tumanidagi holat bo'yicha rasmiy munosabat

Bank tomonidan mustaqil ravishda taqiqni bekor qilish imkoniyati mavjud emas.

17 Aprel 2026

Xalqaro imkoniyatlar: Xinjiang Bank’da yana bir korrespondentlik hisobi

MKBANKning Xinjiang Bankda CNY (yuan)da korrespondentlik hisobi ochildi
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X