Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Oʼzbekistonda parrandachilik tarmogʼi rivojlanib bormoqda

283
Yangilash: 28 Iyul 2022, 09:23
Image
Oʼzbekistonda parrandachilik tarmogʼi rivojlanib bormoqda

Jahon chorvachilik sohasining rivojlanishi shuni koʼrsatadiki, chorvachilikda parranda goʼshti ishlab chiqarish boshqa hayvonlar turiga qaraganda jadallik bilan rivojlanmoqda. Parrandani bekorga “Yetti xazinaning biri” deya atashmaydi, chunki tovuq qisqa vaqt oraligʼida goʼshtga kirishi, tuxum berishi va ijtimoiy hayotda foydalanadigan boshqa mahsulotlar manbaiga aylanishi barchaga maʼlumdir.

Parrandalar nafaqat goʼshti, tuxumi balki pati uchun ham boqiladi. Bugungi kunda parrandachilik istiqbolli va chorvachilikdagi asosiy yoʼnalish ekani tan olinadi. Buning sabablardan biri parrandalarni saqlash uchun inshoatlarning oddiy boʼlishidir. Tahlilchilarning fikricha, bugungi kunda jahonning yetakchi davlatlarida parrandachilikka katta eʼtibor qaratilmoqda. Chunki aynan parrandachilik aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanishida asosiy ahamiyat kasb etib, qishloqlarda odamlarning ish bilan band boʼlishiga hissa qoʼshadi.

Jahonda goʼsht mahsulotlari orasida yetishtirish va isteʼmoli boʼyicha parranda goʼshti ikkinchi oʼrinda turadi. Isteʼmol qilinayotgan goʼshtning 34 foizi parranda goʼshti hissasiga toʼgʼri keladi. Shu sababli ham yurtimizda parranda goʼshtining xavfsizligi va samaradorligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Shularni inobatga olib, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-sonli “Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorini imzoladi.

Unga koʼra, parrandachilikni rivojlantirishni ustuvor vazifalari belgilandi. Xususan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab:
- 2024-yil 1-iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik boʼlgan tadbirkorlik subʼektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʼyicha foyda soligʼi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʼlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʼi, yer soligʼi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʼllaniladi;
- 2022-yil 1-iyulga qadar tuxum, parranda goʼshti va mahsulotlarini eksport qiluvchi hamda soya donini import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temiryoʼl va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;
- “Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari hamda ularning 6 oylik ish haqi miqdorining 50 foizi, biroq oyiga 1 ming АQSh dollari ekvivalentidan oshmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, mazkur xarajatlar uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʼarmasi hisobidan 5 milliard soʼm yoʼnaltiriladi.

“Mikrokreditbank” АTBning ustav kapitalidagi davlat ulushi 85 million АQSh dollari miqdorida oshirilib, ushbu mablagʼlar parrandachilikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish maqsadida boshqa tijorat banklariga ham kreditlar ajratish uchun yoʼnaltirilishi qarorda belgilab qoʼyildi.

Bank tomonidan parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlash boʼyicha loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar ajratish belgilangan boʼlib, unga koʼra, 6 oylik imtiyozli davr bilan 24 oydan koʼp boʼlmagan muddatga, yillik 14 foizdan kredit ajratiladi.

Kreditlar:

  • parrandachilik xoʼjaliklari va ozuqa-yem mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni toʼliq ishga tushirish uchun aylanma mablagʼlarni oshirish va modernizatsiya qilish;
  • bugʼdoy, makkajoʼxori, soya doni va shroti, kungaboqar shroti kabi ozuqa-em mahsulotlarini eng arzon boʼlgan yigʼim-terim davrlarida zaxira qilish maqsadlarida ajratiladi.

Yurtimizda yirik parrandachilik korxonalari bilan bir qatorda aholi xonadonlarida boqilayotgan parrandalar soni ham ortib bormoqda. Аmmo masalaning boshqa tomoni ham borki, faqat xomashyo yetishtirish bilan katta natijaga erishib boʼlmaydi. Masalan, АQSh, Italiya, Fransiya, Аngliya kabi davlatlarda parrandachilik yuqori darajada rivojlangan. Parranda goʼshtidan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va eksport qilish borasida ham ushbu davlatlar yetakchilik qiladi.

Bu borada yurtimiz tadbirkorlaridan Mikrokreditbankning moliyaviy koʼmagida nafaqat parranda goʼshti va tuxumini ishlab chiqarishni rivojlantirishi, balki parranda goʼshtini qayta ishlovchi yirik loyihalarini ham amalga oshirishlarini soʼrab qolamiz.

Bank axborot xizmati



Yana ko‘ring

6 Mart 2026

MKBANKda bayram shukuhi

Bayram muborak bo’lsin! 
6 Mart 2026

Bayram kunlaridagi ish tartibi!

7, 8 va 9-mart kunlari ishlaydigan navbatchi shoxobchalar ro'yxati
2 Mart 2026

MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

3-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X