Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Davlat dasturlari doirasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

281
Yangilash: 28 Iyul 2022, 09:23
Image

“Mikrokreditbank” АTB Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-sonli Farmonining 2.253-, 2.254- va 2.310-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Farmonning 2.253-bandida xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan bir qator topshiriqlar belgilab berilgan.

Jumladan, 2021-yil davomida bank filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 846,5 mlrd. soʼm imtiyozli kreditlar xotin-qizlar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlashga yoʼnaltirilib, 39 676 nafar ishsiz ayollar tadbirkorlikka jalb etildi.

Joriy yilda ham xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʼyicha loyihalarni moliyalashtirishda bank tomonidan zaruriy choralar koʼrib boriladi.

Shuningdek, Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida xotin-qizlar tadbirkorligini qoʼllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasiga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni loyihasiga bank tomonidan 2022-yil 22-yanvarda 05-31/1090-sonli xat orqali tegishli takliflar taqdim etildi.

2.254-bandida “Аyollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish belgilangan.

Xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yoʼlga qoʼyish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlarni, ustuvor ravishda “Аyollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlar bandligini taʼminlashga yoʼnaltirishda zaruriy choralar koʼrib borilmoqda.

Bank tomonidan joriy yilning 11-yanvarida Oʼzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash vazirligiga 04-31/412-sonli xat bilan “Аyollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini oʼrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi qarori loyihasiga tegishli takliflar taqdim etildi.

“Аyollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni moliyaviy qoʼllab-quvvatlash boʼyicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash nazoratga olingan.

Topshiriqning 2.310-bandida esa hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirish boʼyicha vazifalar belgilangan.

Bank filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 2021-yilda 1 901 nafar hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 59,8 mlrd.soʼm imtiyozli kreditlar ajratilgan boʼlib, joriy yil boshidan bugungi kunga qadar esa hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 67 ta holatda 2,4 mlrd.soʼm miqdorida imtiyozli kredit mablagʼlari ajratilib, shundan 1,7 mlrd.soʼmi “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʼlgan 50 nafar hunarmand (kulol) tadbirkorlarga ajratilgan kreditlar hissasiga toʼgʼri keladi.

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida Farmonda belgilangan vazifalar ijrosi tizimli ravishda davom ettiriladi.



Yana ko‘ring

1 May 2026

“Kitob o‘qish soati”da “Men sevgan kitob” tanlovi

Tadbir yakunida “Eng ilhomlantiruvchi parcha”ni o‘qib bergan xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

1 May 2026

MKBANK shanba va yakshanba kunlari ham ishlaydi

Ishlaydigan bank xizmatlari ofislari ilova qilindi
28 Aprel 2026

MKBANKda “Ommaviy diktant” tanlovi tashkil etildi

Bank jamoasi diktant yozishni yoshlik va maktab davrlarini eslatuvchi begʻubor damlarga qiyoslashdi. 

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X