Mikrokreditbank aksiyadorlik tijorat banki tomonidan yurtimizdagi bir qator hokimiyat hamda tashkilotlarga homiylik yordamlari doimiy tarzda o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan,

Samarqand shahrida oʼtkaziladigan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ishlariga 5,0 mlrd. soʼm homiylik mablagʼi ajratildi.

Shuningdek, Toshkent Shahar Chilonzor tuman hokimligi tomonidan 100 mln. soʼm homiylik mablagʼi ajratish bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Mazkur homiylik yordami orqali tumandagi 55 ta MFYda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʼkalamzorlashtirish, aholi yashash sharoitini va sanitariya epidemiologiya holatini yaxshilash maqsad qilingan. Bank Boshqaruvi tomonidan mazkur homiylik mablagʼini ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.

Mazkur homiylik ishlarini faol tarzda davom ettirib, kelgusida mamlakatimiz iqtisodiyoti hamda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga hissa qo’shib borish tamoyili ustuvor o‘rinni egallamoqda.

Bank Axborot xizmati