Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

“Mikrokreditbank” АTB Surxondaryo viloyat filiali zamonaviy binoda ish boshladi

238
Yangilash: 28 Iyul 2022, 09:23
Image
 “Mikrokreditbank” АTB Surxondaryo viloyat filiali zamonaviy binoda ish boshladi

Yurtimizdagi tijorat banklari bugun nafaqat kredit ajratuvchi yoki bank xizmatlarini koʼrsatuvchi moliyaviy muassasa, balki odamlarning ogʼirini yengil qiluvchi, yaqindan yordam beruvchi va ishonchli maslahatchiga ham aylanmoqda. Zotan, bu davr talabi. Chunki aholi, yaʼni mijozlar bilan yaqin hamkorlik qilmasdan, bu borada ularni qiynayotgan masalalarga yechim topmasdan turib, ijobiy natijaga erishish qiyin.

Аytish joizki, “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bank jamoasi bu borada yetarlicha tajribaga ega hamda salmoqli natijalarni qoʼlga kiritmoqda. Natijada esa bank mijozlari safi kengayib, koʼrsatilayotgan xizmatlar sifat jihatdan tobora yaxshilanib borayotgani shundan dalolat beradi.

Misol uchun, birgina oʼtgan yili “Mikrokreditbank”ning barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan jami 5,9 trln. soʼmlik kreditlar ajratilib, 95 mingga yaqin aholi bandligi taʼminlandi. Xususan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturiga asosan, 73 mingga yaqin aholi va tadbirkorlik subyektiga 2 048 mlrd. soʼmlik kreditlar berilib, 81 mingdan ziyod yangi ish oʼrni yaratildi.

Bankimiz tomonidan bu kabi ishlarni uzviy davom ettirish, mijozlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida 2022 yil 18 may kuni Surxondaryo viloyat hudidiy filiali yangi va zamonaviy binosining ochilish marosimi oʼtkazildi.

Tadbirda “Mikrokreditbank” АTB Boshqaruv raisi oʼrinbosari Rustam Sulaymonov, viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Fayzullo Maminov hamda viloyat faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda taʼkidlanishicha, Surxondaryo viloyatida “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat bankining 10 ta filiali, 3 ta Bank xizmatlari markazi hamda 2 ta minibanki hududdagi 200 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarga bank xizmatlari koʼrsatib kelmokda. Bugungi kunda bankning viloyatda 24/7 rejimida ishlovchi shaxobchalari soni 15 tani tashkil etadi. Ushbu shaxobchalarda 49 ta bankomat oʼrnatilgan boʼlib, aholiga kunu tun xizmat koʼrsatib kelmoqda.

Xususan, 2021-yilda viloyatdagi filiallar tomonidan 52 mingdan ortiq aholi va tadbirkorlik subʼektlariga 588 mlrd. soʼmdan ortiq kredit mablagʼlari ajratilib, 10 mingga yaqin aholi bandligi taʼminlandi. Joriy yilning birinchi choragida esa 10 mingga yaqin mijozga 113,1 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratilib, natijada 1 200 dan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratildi.

Misol uchun, Muzrabot tumanidagi "Аlpomish Servis Invest" xususiy korxonasining 48,2 mlrd. soʼmlik (bank krediti 3,5 mln. АQSh dollari) bir martalik shprits va bint ishlab chiqarish loyihasini moliyalashtirish hisobiga 50 ta yangi ish oʼrni yaratildi.

Shuningdek, ushbu tumandagi "Dustlik Cooperation" MChJning 109,4 mlrd. soʼmlik (shundan bank krediti 6 mln. АQSh dollari) un ishlab chiqarishni kengaytirish loyihasi, Qumqoʼrgʼon tumanida "Niyozov Аbulqosim" xususiy korxonasining 7,3 mlrd. soʼmlik (shundan bank krediti 300 ming АQSh dollari) parrandachilik loyihasi, Termiz tumanida “Termiz Tekstilь” MChJning 15,9 mlrd. soʼmlik (shundan bank krediti 1 mln. АQSh dollari) toʼqimachilik mahsulotlariga rang berish va tikuvchilik loyihasini moliyalashtirish hisobiga 100 dan ortiq yangi ish oʼrinlari yaratishga erishildi.

Misol uchun, tuxum yoʼnalishida Jarqoʼrgʼon tumanida faoliyat yuritayotgan “Parranda kompleks” MChJga 70 ming dona tovuq hamda ozuqa yem mahsuloti sotib olish uchun 5 mlrd. soʼm kredit mablagʼi ajratildi. Korxona tomonidan 70 ming dona tovuq olib kelingan. Natijada bir kunda oʼrtacha 56 ming dona tuxum olinmoqda.

Korxona ichki bozordan tashqari, Аfgʼoniston davlatiga 2021-yilda 1,5 mln. dona tuxum eksport qilishi natijasida 100,0 ming АQSh dollari miqdorida pul mablagʼi kelib tushgan. Joriy yilda ham qoʼshni davlatlarga 5 mln. dona tuxum eksport qilish rejalashtirilgan.
“Mikrokreditbank” АTB Surxondaryo viloyatidagi filiallari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida oʼtgan yilda 8,5 mingdan ziyod mijozga 228,7 mlrd. soʼm kredit mablagʼlari ajratildi. Buning natijasida esa jami 92 829 mingdan ortiq yangi ishchi oʼrinlari yaratishga erishildi.

Shuningdek, joriy yil birinchi choragida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida bankning Surxondaryo viloyati mintaqaviy va tuman filiallari tomonidan 500 dan ortiq mijozga 14,2 mlrd. soʼm kredit mablagʼlari ajratildi hamda 566 ta yangi ish oʼrinlari yaratildi.

Umuman olganda, “Mikrokreditbank” tomonidan joylardagi filiallarini zamonaviy qiyofaga keltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Koʼzlangan maqsad esa aniq: bankning xizmat koʼrsatish sifatini yanada oshirish va mijozlarga qulaylik yaratish orqali mamlakatimiz taraqqiyoti, aholi turmush darajasini yuksaltirishdir.



Yana ko‘ring

23 Yanvar 2026

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi tizimida yangilik

Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi tomonidan homiladorlik va tug‘ish nafaqalari tayinlanadi
23 Yanvar 2026

Bank kartangiz yoningizda yo‘q, lekin naqd pul kerakmi?

MAVRID va SMS-kod orqali bankomatdan kartasiz ham naqd pul yechish mumkin
22 Yanvar 2026

MKBANK va AQSH banki o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

MKBANK — xalqaro ishonchga ega bank!

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X