Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Parrandachilik tarmog‘i bo‘yicha Buxoro viloyatiga press-tur tashkillashtirildi

492
Yangilash: 8 Sentyabr 2022, 14:40
Image
Parrandachilik tarmog‘i bo‘yicha Buxoro viloyatiga press-tur tashkillashtirildi

Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 24-yanvardagi “Parrandachilik tarmogʼini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-100-sonli qarori hamda 2022-yil 15-iyundagi “Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-281-sonli qarorlari qabul qilindi. Unga asosan, parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʼullanuvchi tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash, subsidiyalar ajratish va boshqa imtiyozlardan foydalanish huquqi ijrosiga eʼtibor qaratilgan. Qarorda qayd etilishicha, 2022 yil 1 iyundan 400 mlrd. soʼmgacha kredit mablagʼlari hisobidan parrandachilik xoʼjaliklari va parranda omuxta yemi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga don zaxirasi yaratish uchun Markaziy bank asosiy stavkasida 3 oylik imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha revolver kreditlar ajratiladi.

Bugun respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yoʼnalishidagi tadbirkorlik subʼektlarini qoʼllab-quvvatlash maqsadida “Mikrokreditbank” АTBga 85 million АQSH dollar miqdoridagi mablagʼ ajratish belgilangan. Hozirga qadar (birinchi bosqichda) 50 million АQSH dollari miqdoridagi mablagʼlar yoʼnaltirilgan.

Shuningdek, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan oʼtgan davr mobaynida 200 dan ortiq parrandachilik xoʼjaliklari va ozuqa-em mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarga 491,3 mlrd. soʼm miqdorida kreditlar ajratildi.

Joriy yilning 22-iyunida “Mikrokreditbank” АTB, “Parrandasanoat” uyushmasi hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Buxoro viloyat boʼlimi bilan hamkorlikda Buxoro viloyati Romitan tumanidagi “Behtarin Group” MCHJda bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida OАV vakillari “Behtarin Group” MCHJ faoliyati bilan bevosita yaqindan tanishish imkoniga ega boʼlishdi.

“Behtarin Group” MCHJ haqida maʼlumot

“Behtarin Group” MCHJ faoliyati goʼsht yoʼnalishidagi parrandachilikka moʼljallangan boʼlib, “Mikrokreditbank” АTB tomonidan 2021-yilda 2 yil muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan 3,3 mlrd.soʼm miqdorida kredit ajratilgan.

“Behtarin Group” MCHJ bugungi kunda toʼliq ishga tushgan boʼlib, hozirda korxonada 30 ga yaqin yangi ish oʼrinlari yaratilgan. Kelgusida korxonani kengaytirish hisobiga ishchilar sonini 40 nafardan oshirish rejalashtirilgan.

Hozirda korxonada 1 oyda oʼrtacha 75 ming bosh joʼja boqilyapti, mahsulot asosan, ichki bozorni taʼminlashga moʼljallangan. Shuningdek, yaqin oylarda korxona kengaytirilib, yil oxirigacha 90 ming bosh joʼja boqilishi natijasida oʼrtacha 180 ming tonna goʼsht holida ichki bozorga chiqariladi.

Mazkur korxona 2023-yilda oʼz faoliyatini kengaytirib, 3 ta sex qurishni, u yerda parranda uchun asosiy ozuqa boʼlgan yem ishlab chiqarishni va boqilgan joʼjalarni soʼyish liniyasini ham tashkil etishni maqsad qilgan.

Xulosa oʼrnida aytish mumkinki, bugun “Mikrokreditbank” АTB tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash yoʼlida doim ular bilan birga.

Bank Аxborot xizmati



Yana ko‘ring

16 Aprel 2026

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: tibbiyot muassasasida

Uchrashuvda 10 dan ortiq "HealthTech" yo‘nalishidagi istiqbolli startup loyihalari taqdimoti o‘tkazildi
16 Aprel 2026

Korporativ bank kartalari: tezkorlik, shaffoflik va qulay boshqaruv

MKBANKdan korporativ karta xaridi yanada qulay
15 Aprel 2026

UPT orqali pul o‘tkazmalarini qabul qilish yanada soddalashdi

Endi UPT orqali yuborilgan mablag‘ni bankka bormasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri MAVRID ilovasi orqali oling

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X