Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

2024-YILDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAMDA 2025-YIL UCHUN BELGILANGAN USTUVOR VAZIFALAR

1213
Yangilash: 6 Yanvar 2025, 10:48
Image
2024-YILDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR HAMDA 2025-YIL UCHUN BELGILANGAN USTUVOR VAZIFALAR

Maʼlumki, “Mikrokreditbank” yurtimizda kichik biznes, xususiy va yakka tartibdagi tadbirkorlikni rivojlantirish, hunarmandchilik hamda kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash yoʻli bilan yangi ish oʻrinlarini yaratish, ayniqsa, qishloq joylarda aholining keng qatlamini mikromoliyaviy xizmatlardan toʻlaqonli foydalanishiga zamin yaratish borasida oʻz faoliyatini olib bormoqda. 

Misol uchun, bank tomonidan jalb qilingan resurslar hamda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan joriy yilda xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga 7 trln. soʻmlik kreditlar ajratildi. 

Shundan 1,9 trln. soʻmi investitsiya loyihalari, 2,4 trln. soʻmi oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, 1,9 trln. soʻmi kichik biznes subyektlariga, 1,5 trln. soʻmi mikromoliya loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar va ajratilgan kreditlar natijasida bankka biriktirilgan 1 230 ta mahallalarda ularning rivojlanish drayverlariga asosan jami 232,7 ming nafar aholi bandligi taʼminlandi, ularning 113,7 ming nafari doimiy ishga joylashtirildi. 

Bank tomonidan joriy yilda xalqaro moliya institutlaridan 124 mln doll. resurs olib kelindi, 1,1 trln. soʻm depozit, shundan aholidan 609 mlrd. soʻm omonat jalb qilindi.

Joriy yilda bank tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish, aholini daromadli qilish borasida ham bir qancha ijobiy natijalarga erishildi

Misol uchun, bank mijozi “Qoʻshkoʻpir parranda” korxonasi kooperatsiya usulida 950 ta xonadonga joʻja ozuqasini tarqatib, parrandani kafolatli sotib olishni yoʻlga qoʻydi. 

Yoki yana bir bank mijozi Samarqand viloyatidagi “Yetti  xazina” korxonasida ham kooperatsiya usulida mingta xonadonda xuddi shunday tizim asosida tuxum yetishtirish yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, Mikrokreditbank Jondor tumanida “Mikrosanoat markazi”ni tashkil etdi va avvallari uylarida mebel yasagan 47 nafar tadbirkor ham sarmoya kiritib, sanoat usulida ishlab chiqarishga oʻtdi. Natijada, bitta mahallaning oʻzida 205 ta ish oʻrni yaratildi.

Yangi 2025-yilda ham bu kabi ijobiy ishlarni davom ettirgan holda, mahallalarga kirib, aholi va tadbirkorlarimizni rozi qilish maqsadida, boshlagan ishlar yangi bosqichga olib chiqiladi.  

Buning uchun barcha manbalar hisobidan 7,7 trln. soʻmlik kreditlar ajratish, xalqaro moliya institutlaridan 260,0 mln. doll. mablagʻ jalb qilish rejalashtirilgan.

Kredit mablagʻlarining asosiy qismini, yaʼni kamida 50 foizini kichik biznes subyektlariga ajratilishi koʻzda tutilgan.

Kelgusi yilda ham davlatimiz iqtisodiyotiga investitsiya olib kelib, ham yangi ish oʻrinlari yaratadigan startap loyihalarini koʻplab amalga oshirish va venchur kompaniyalarini ochish rejalashtirilgan.  

Buning uchun bank tomonidan xorijiy moliya institutlaridan mablagʻ jalb qilish boʻyicha doimiy ishchi guruh tuzildi, ular yordamida xorijiy banklar bilan tizimli ishlar tashkil qilgan holda chet elda “roud-shoular” oʻtkaziladi, Yevrobond chiqariladi, bank reytingini yaxshilash va xalqaro standartlarga moslashtirish choralari koʻriladi.

Asosiysi, kelgusi yilda barcha imkoniyatlarni ishga solish orqali 320 ming nafar aholi bandligi taʼminlanadi, ularning 131 ming nafari doimiy ishlarga joylashtiriladi, 189 ming nafari tadbirkorlikka jalb etiladi. 

Bunda “Sayxunobod”, “Uychi”, “Zarbdor” hamda “Gʻijduvon” tajribalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Bankka  biriktirilgan Buxoro viloyatidagi boshlangan ishlar davom ettirilib, hududdagi barcha iqtisodiy idoralar va hokimliklar bilan birgalikda 215 ming nafar aholini daromadli mehnat bilan band qilish ishlari muvofiqlashtirib boriladi. 

Xususan, aholiga ajratilgan kam daromadli ekin maydonlaridan samarali foydalanish maqsadida, ularni yirik konturlarga birlashtirib “lider tadbirkorlarga” ikkilamchi ijaraga berib “Bir kontur - bir mahsulot” tamoyili asosida, kooperatsiya usulida mahsulotlar yetishtirish tashkil qilinadi. 

2025-yilda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida - 375,5 mlrd. soʻm, kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida - 390,5 mlrd. soʻm va “Biznesga birinchi qadam” kredit mahsuloti boʻyicha - 200,0 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi. 

“Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi ijrosini taʼminlash doirasidagi chora-tadbirlarni davom ettirgan holda aholining:

90 ming nafari dastur asosida kambagʻallikdan chiqariladi;
60 ming nafarining barqaror bandligi taʼminlanib, yuqori daromad topishga erishiladi; 
8,2 ming nafari taʼlim olish va kasb-hunarga oʻqitiladi;
6,3 ming nafari uchun mahalla infratuzilmasi yaxshilanadi;
1,5 ming nafarining yashash sharoiti yaxshilanadi.

Bundan tashqari, 55 ta tanlab olingan, ogʻir toifadagi mahallalarda tadbirkorlikni, dehqonchilikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida, ulardagi sugʻorish tizimi, elektr taʼminoti va internet sifatini yaxshilashga jami 164,1 mlrd. soʻm sarflanadi. 

Amalga oshiriladigan ishlar natijasida Buxoro viloyatida 2025-yil yakunida kambagʻallik darajasi 5,4 foizga, ishsizlik darajasi 4,7 foizga  tushishiga erishiladi. 

Shuningdek, bankka biriktirilgan parrandachilik sohasini rivojlantirish, ularning mavjud quvvatlaridan toʻliq foydalanish va bu sohadagi loyiha tashabbuskorlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadlari uchun 2025-yilda 625,0 mlrd. soʻm va 25,0 mln. doll miqdorida kreditlar ajratiladi. 

Bundan tashqari, Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlarida zamonaviy parranda goʻshtini chuqur qayta ishlash komplekslari, Sayxunobod tumani va Xorazm viloyatida parranda naslchilik korxonasi tashkil etiladi. 

Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida goʻsht yoʻnalishidagi yirik parrandachilik loyihalarini ishga tushirish hisobiga ushbu viloyatlarda parranda bosh soni 1,0 mln. boshga yetkaziladi.  

Xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish orqali parrandachilik sohasini 2025-2027-yillarda rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi. 

Parrandachilik sohasida mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini rejalashtirish, tahlil qilish va kuzatuv mezonlari nazarda tutilgan elektron axborot dasturi ishga tushiriladi.  

Shuni alohida taʼkidlash joizki, kelgusi yilda bank tomonidan rejalashtirgan chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash boʻyicha 124 ta bank boʻlinma rahbarlari hududlardagi tuman va shahar hokimlari bilan har bir mahallada 4 ta tajribani kengaytirib, aholi daromadini oshirish boʻyicha shartnoma tuzadi.  

Shartnomada mahallalar nomi aniq koʻrsatiladi, loyiha ishlab chiqish, kredit ajratish, aholini band qilish boʻyicha bank rahbarlariga oyma-oy KPI belgilanadi.

Aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish maqsadida kelgusi yildan har 3-4 ta mahallaga 1 tadan “mahallabay bankiri” lavozimi tashkil etiladi.

Mahalla bankirlari mahallaning biznes imkoniyatlarini oʻrganib, aholining biznes loyihalari toʻliq ishga tushishiga koʻmakchi boʻladi, bundan tashqari, u oʻziga xonadonlarni yaxshi biladigan yordamchi agent yollaydi. 

Mahalla bankirlari tashabbusi bilan va hokimlar koʻmagida tumanda oyiga ikki marta “loyihalar yarmarkasi” tashkil etiladi. 

Xulosa shuki, Mikrokreditbank jamoasi yurtboshimiz rahbarligida 2024-yil 16-dekabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ishsizlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha barcha chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 

Bank Axborot xizmati 





Yana ko‘ring

13 Mart 2026

E’lon!

2026-yil 13-mart kuni soat 17:00 dan boshlab 18:00 gacha “ANOR” to‘lov tizimida texnik o‘zgarishlar amalga oshiriladi
10 Mart 2026

Diqqat! MKBANK tizimida texnik ishlar olib borilmoqda!

11-mart soat 00:00dan 08:00ga qadar masofaviy xizmatlarda uzilishlar bo'ladi
10 Mart 2026

Korrupsiyasiz bank: MKBANKda navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi

Seminar davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, bu illatga birgalikda kurashish lozimligini bildirishdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X