
Joriy yilning 17-yanvar sanasida fuqaro F.Kuchkarov bankning Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanidagi Juma bank xizmatlari markazida valyuta ayriboshlash kassasidan AQSh dollari valyutasini xarid qilishida muammoga uchragani yuzasidan “Гражданский Контроль”ning “Facebook”dagi sahifasi orqali videomurojaat yo‘llagan.
Ushbu murojaat bankning tegishli mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, haqiqatan ham, fuqaro xorijiy valyuta sotib olish uchun 17-yanvar kuni soat 16:45da bank xodimi kassir-operator N.Ilashevga AQSh dollari xarid qilish yuzasidan murojaat qilgani aniqlandi. N.Ilashev mijozga dasturiy ta’minot ishlamayotganini bildirgan holda rad javobini bergan. Vaholanki, dasturiy ta’minotda texnik sabablarga ko‘ra, qisqa uzilish bo‘lib, tezda ish faoliyati tiklangan.
Mazkur holat yuzasidan kassir-operator N.Ilashev bilan tushuntirish ishlari olib borilib, unga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Bank tomonidan kelgusida bunday holatlar yuz bermasligi uchun tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Bank Axborot xizmati

















