Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11780
Sotish
11875
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11780
11875
11778.52
EUR
13000
14000
13733.75
RUB
143
138.96
GBP
15600
16600
16057.66
CHF
14200
15200
14671.8
JPY
50
100
73.96
Kurs 25.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Ayollar tadbirkorligi: e’tibor, ko‘mak va natija

365
Yangilash: 29 Avgust 2024, 17:29
Image
Ayollar tadbirkorligi: e’tibor, ko‘mak va natija

Bugun xotin-qizlarimizning turli sohalarda samarali natijalarga erishayotganiga guvohmiz. Xoh fermer boʻlsin, xoh tadbirkor, xoh hunarmand, qanday faoliyat bilan shugʻullanmasin, uni sidqidildan ado etadi va koʻzlagan maqsadiga erishadi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan, joriy yilda Mikrokreditbank tomonidan respublika boʻyicha 5 766 nafar tadbirkorga 564 milliard soʻm miqdorda imtiyozli kreditlar “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi  asosida ajratildi. Buning 220 milliard soʻmdan ortigʻi, yaʼni 41 foizi xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirildi. Demak, 2 345 nafar xotin-qizlar aynan MKBANKning moliyaviy koʻmagida boshlagan ish faoliyatini uzluksiz davom ettirishga muvaffaq boʻldi. 

4 (29).png

Boyovutlik Yulduz Axmadqulova ham yosh boʻlishiga qaramay imtiyoz va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, oʻzining mustaqil biznesiga ega boʻldi. Qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirdi. Dastlabki bosqichda Mikrokreditbankning moliyaviy koʻmagi bilan 20 million soʻm miqdorda kredit olib, uyida pishiriqlar pishirib faoliyatini boshlagan boʻlsa, kredit mablagʻlarini oʻz vaqtida soʻndirib, qandolatchilik sexini tashkil etish loyihasi uchun yana 80 million soʻm miqdorda kredit olib, faoliyatini kengaytirdi.

- Endilikda yangi, keng va shinam binoda ish boshladim. Bu yerda barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Boshida kredit olishga qoʻrqdim. “Qoʻlimdan kelmasa-chi, kreditni qanday toʻlayman?” degan xavotirlar ham bor edi. Avvalo, tavakkal qilib, keyin harakat va mehnat qilib mana shunday natijalarga erishyapman. 5 nafar yangi ishchi oʻrni yaratdim. Uydagi faoliyatim davomida har oylik sof foydam 5 million soʻmni tashkil etar edi. Bugun esa oylik daromadim 10 million soʻmgacha yetdi. Mahsulotlarimiz choʻntakbop, shu bilan birga xaridorgir. Hozirda boshqa tumanlardan ham buyurtmalar qabul qilyapmiz. Turli tadbirlar, toʻy marosimlari uchun pishiriqlar yetkazib beryapmiz, - deydi Yulduz Axmadqulova.

5 (24).png

Boyovut tumanining asosiy drayveri agrar soha boʻlib, tuman aholisining aksariyati qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik bilan shugʻullanishni maʼqul koʻradi. Sadriddin Ayniy mahallasida istiqomat qiluvchi Shaxlo Mamatqulova qishoq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish natijasidan olingan sof foyda va oʻz vaqtida soʻndirilgan kreditlar tufayli yana qoʻshimcha imtiyozlardan foydalanmoqda. Unga “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 100 million soʻm miqdorda kredit ajratilib, ayni paytda chorvachilik yoʻnalishida faoliyatini davom ettirmoqda. Hozirda 8 ta novvoc, 50 dan ortiq joʻjalar parvarishi bilan shugʻullanmoqda.

7 (13).png

“Mikrokreditbank” ATB faqatgina kredit ajratish bilan chegaralanib qolingani yoʻq. Xususan, shahar va tumanlarda “Ayollar biznesini qoʻllab-quvvatlash” mavzusida oʻtkazilayotgan ochiq muloqotlar, xotin-qizlar faollari bilan oʻzaro hamkorlik, mahallaga chiqqan holda xonadonma-xonadon tashkil etilayotgan alohida suhbatlar oʻz samarasini bermoqda. Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi va rivojlantirishi uchun zaruriy maslahat hamda tavsiyalar berilmoqda. Biznes loyihalari taklif etilmoqda. 

Boyovut tumanining Madaniyat mahallasida istimoqat qiluvchi Nargiza Abdaliyevaga ham kasbiy faoliyatidan kelib chiqib, qiziqishlariga mos loyiha taklif etildi. Uning massaj kurslarida tahsil olganligi inobatga olinib, massaj apparati sotib olish va mustaqil faoliyat boshlashi uchun “Mikrokreditbank” ATBdan 10 million soʻm miqdorda imtiyozli kredit ajratildi.  

- Hozirda oʻzimning 3 nafar farzandimga va mahallamizdagi bolalarga massaj xizmatlarini koʻrsatyapman. Ham farzandlarim sogʻligʻi uchun foydali, ham roʻzgʻorimga qoʻshimcha daromad kelyapti, - deydi Nargiza biz bilan suhbatda.

1 (42).png

Respublikamizda xotin-qizlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, biznesga birinchi qadam qoʻyishlarida yordamlashish, shu bilan birga biznesini uzluksiz ravishda davom ettirishlari uchun koʻmak koʻrsatish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni boyovutlik tadbirkor ayollar misolida keltirdik,  xolos. Mamlakatimizda bunday xotin-qizlarimiz minglab topiladi. Mikrokreditbank xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi.

Bank Axborot xizmati




Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X