
Ulugʻ mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari “Kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai”, deya taʼkidlagan edi. Darhaqiqat, insonga kitobdan yaqin maslahatchi, undan yaqin doʻst yoʻq. Undan olgan bilimlarimizni umrimizni oxirigacha ham sarflay olmaymiz. Kitob - ulkan xazina.
Mikrokreditbank xodimlarining kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida bank Bosh ofisida kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Unda “Oʻzbekiston” nashriyoti tomonidan 2 000 ga yaqin ilmiy va badiiy asarlar taqdim etildi.
Yarmarka doirasida taqdim etilgan Abu Rayhon Beruniy, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimizning oʻlmas asarlari qatorida, jahon va oʻzbek adabiyotining durdona namunalari, iqtisodiy sohaga oid, psixologik-motivatsion kitoblar, bolalar ensiklopediyalari, ertak kitoblari bir qator ilmiy-maʼrifiy asarlari va boshqa adabiyotlar bank xodimlarida katta qiziqish uygʻotdi.

Bank xodimlari tomonidan yarmarka doirasida taqdim etilgan kitoblar hamyonbopligi va ommabopligi tufayli 1000 ga yaqin kitob xaridlari amalga oshirildi.

Bildirilgan takliflardan kelib chiqib, kitoblar rang-barangligini taʼminlash maqsadida hafta davomida qator yetakchi nashriyotlar ishtirokida kitob yarmarkalari tashkil etish rejalashtirildi.
Bank axborot xizmati.


















