
Maʼlumki, tijorat tashkilotlari yillik faoliyatini tasdiqlangan “Biznes-reja” asosida olib boradi. Bunda yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan barcha xarajat hamda daromadlar aks ettiriladi. Albatta, yirik tashkilotlar uchun ushbu muhim jarayonni kunlik nazorat qilib borish imkoniyati cheklangan edi.
Quvonarlisi, “Mikrokreditbank” ATB bu jarayonga oson yechim topdi va yurtimizdagi banklar orasida birinchi boʻlib, “Fido biznes” MCHJ bilan hamkorlikda IABS dasturida “Biznes reja”ning ijrosini kunlik hamda oyma-oy nazorat qilib borish imkonini beruvchi modulni yoʻlga qoʻymoqda.
Endilikda bankning yillik “Biznes-reja”sini ishlab chiqish, ijrosini taʼminlash ushbu modul orqali amalga oshiriladi hamda nazorat qilib boriladi. Bunda har bir biznes blok, hududlar kesimida BXO va BXMlar ham oʻz yillik rejasini IABS dasturiga yil boshida shakllantirishi lozim boʻladi.
Shuningdek, bankning kunlik daromad va xarajatlarini Reja/Fakt koʻrinishida onlayn kuzatib borish va nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Xaridlar rejasi onlayn shakllantiriladi, DWH sunʼiy intellekt bilan qamrab olinadi, barcha jarayonlar integratsiyalashadi, inson omili qisqaradi. Asosiysi, barchasi yagona markaz orqali boshqariladi.
Hozirda tizim bankda test rejimida ishga tushirilgan va 2025-yilning birinchi choragida toʻliq amaliyotga joriy etilishi rejalashtirilmoqda.
Bank Axborot xizmati

















