Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11820
Sotish
11910
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11820
11910
11818.07
EUR
13000
14000
13788.14
RUB
143
141.69
GBP
15600
16600
16118.67
CHF
14200
15200
14733.91
JPY
50
100
74.3
Kurs 24.08.2026 09:00:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Buxoroda press-tur tashkil etildi

153
Yangilash: 30 Oktyabr 2025, 16:40
Image
Buxoroda press-tur tashkil etildi

“Mikrokreditbank” ATB tomonidan bank moliyaviy koʻmagida oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlab, uni samarali davom ettirayotgan tadbirkorlar talaygina. Ana shunday loyihalarni keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida 28-oktabr kuni Buxoro viloyatida press-tur tashkil etildi. Unda respuplika hamda mahalliy OAV vakillari ishtirok etdi. 

15 (15).png

Jurnalistlar dastlab Buxoro shahridagi “ALFA MEDICAL CENTER” xususiy klinikasi faoliyati bilan tanishdi. 

1 (205).png

Bu yerda aholiga barcha turdagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatilib kelinmoqda. Eng so‘nggi tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan klinika “Mikrokreditbank” ATBdan 4,5 mln. AQSH dollari miqdorida kredit olgan va bugun 24 nafar aholi bandligini ta’minlagan. Ayni paytda malakali shifokorlar, xushmuomala hamshiralar shinam klinikada bemorlarga xizmat qilib kelmoqda.

Shundan soʻng press-tur ishtirokchilari G‘ijduvon tumanidagi “GIJDUVAN ECO BOTTLERS” MCHJga yoʻl olishdi. 

7 (116).png

Tumanning “Baraka” mahallasida joylashgan ushbu korxonaga Alisher G‘ulomov rahbarlik qiladi. Tadbirkor korxonasida meva sharbatlari hamda salqin ichimliklari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Faoliyatini 4 mlrd. so‘m kredit bilan boshlagan va ayni paytda yana 12 mlrd. so‘m kredit olib, qo‘shimcha uskunalar xarid qilish evaziga 58 nafar aholi bandligini ta’minlagan.

9 (94).png

Jurnalistlar press-tur davomida korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bugun korxona “ECO” brendi ostida mahalliy bozorni gazli va gazsiz suv bilan ta’minlamoqda. Korxona joriy yil yakuniga qadar meva sharbatlari ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Xitoy davlati bilan hamkorlikni boshlagan.

Shuningdek, press-tur davomida jurnalistlarga bankning Buxoro viloyati hududiy boʻlinmalariga biriktirilgan 59 ta mahallada faoliyat olib borish uchun 18 nafar “Mahalla bankiri” va 59 nafar yordamchi agentlarning faoliyati, ular tomonidan yoʻlga qoʻyilga mikroloyihalar haqida ham maʼlumotlar berildi. 

10 (62).png

Joriy yilning oʻtgan davrida bank tomonidan 7,4 trln. so‘m kredit ajratilgan. Bundan 247 ta yirik korxonaga 1,7 trln. so‘m ekvivalentida kredit liniyalari ajratilishi hisobiga 6 300 ga yaqin ishchi o‘rni yaratiladi. Shundan 558,3 mlrd. soʻmi xorijiy kredit liniyalariga to‘g‘ri keladi.

Buxoro viloyati bo‘yicha esa 30 ta yirik tadbirkorlik subyektlariga 111 mlrd. soʻm ekvivalentida kredit liniyalari ajratilishi hisobiga 500 ga yaqin ishchi o‘rni yaratiladi. Mazkur mablag‘larning 43,2 mlrd. soʻmi xorijiy kredit liniyalaridan taqdim etildi.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X