Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11740
Sotish
11880
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11740
11880
11778.52
EUR
13000
14000
13733.75
RUB
143
138.96
GBP
15600
16600
16057.66
CHF
14200
15200
14671.8
JPY
50
100
73.96
Kurs 26.08.2026 11:30:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

Dunyoda faqat bir ayol qolsa ham, zargarga ish topiladi

342
Yangilash: 14 Iyun 2023, 10:11
Image
Dunyoda faqat bir ayol qolsa ham, zargarga ish topiladi

Zargarlik mahsulotlari butun dunyoda talab yuqori bo‘lgan tovarlardan ekani sir emas. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, jahon zargarlik sanoatida ishlab chiqarish hajmi yiliga 5-6 foizga o‘sayotgani, tovar aylanmasi 250 milliard dollardan oshayotgani sohaning ulkan eksport salohiyatidan dalolat.

Zargarlikning ko‘p asrlik an’analarini tiklash, mahalliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishi va samaradorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, aholining yuqori sifatli mahalliy zargarlik buyumlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 23-dekabr kuni “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-452-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror asosida bugungi kunda tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarga yillik 14 foiz stavkada, 36 oy muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratib kelinmoqda.

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tizimida ham yuqoridagi topshiriq bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bank moliyaviy ko‘magida tadbirkorlarga zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va bu boradagi faoliyatlarini kengaytirishlari uchun sharoitlar yaratilmoqda.

Mana shunday tadbirkorlardan biri – Komila Maxmarova. Joriy yil mart oyida o‘z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida “Mikrokreditbank”dan yillik 14% stavkada 3 yil muddatga 85 mln. so‘m kredit olgan ayol, bugungi kunda mahalliy bozorni zargarlik buyumlari bilan ta’minlamoqda.

– Ayni damda mazkur sohaning barcha sir-asrorlarini o‘rgatish maqsadida ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘ymoqdaman, – deydi tadbirkor. – Kelgusida eng kamida 5 ta ish o‘rni yaratib, ayollarimiz buyurtmalariga asosan ichki bozorni ta’minlash va nasib qilsa, mahsulotlarimizni chet elga eksport qilish niyatimiz ham bor.

Ish faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida zaruriy texnikalar sotib olish uchun bankdan kredit olgan yana bir tadbirkor – Umida Karimovaning ta’kidlashicha, bugungi kunda ayollarimiz ko‘proq individual zargarlik buyumlari yasatishga va o‘ziga xos dizayndagi zeb-ziynat buyumlariga buyurtma berishga qiziqish bildirishmoqda.

– Avvalambor, eng zaruriy vaqtda meni qo‘llab-quvvatlagan “Mikrokreditbank”ka minnatdorchilik bildirmoqchiman, – deydi navoiylik tadbirkor Rustam Mardonov. Kichkinagina tadbirkorlik faoliyatimni kengaytirish maqsadida joriy yil may oyida bankdan 32,5 mln kredit oldim va zaruriy texnikalarni xarid qilib ish o‘rnini ham kengaytirdim. Kelgusida o‘z mahsulotlarimni jahon bozoriga ham olib chiqish niyatim bor.

“Mikrokreditbank” tomonidan mazkur sohani yanada rivojlantirish hamda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida izchil ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

24 Avgust 2026

MKB Premium Plus — biznes uchun qulayliklar bir paketda

Yuridik shaxlar uchun hisobvaraqlarni ochish va yopish — bepul
24 Avgust 2026

MKBANK xodimi nufuzli musobaqada 4-o‘rinni egalladi!

Mazkur musobaqada barcha vazirlik va idoralarning 120 nafardan ortiq xodimlari FIDE qoidalari asosida bahslashdi.

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X