Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
Sotib olish
11920
Sotish
11995
Valyuta ayirboshlash punktidagi kurs
ValyutaSotib olishSotishO‘zb MB
USD
11920
11995
11937.89
EUR
13000
14000
13769.16
RUB
145
141.76
GBP
15600
16600
16107.79
CHF
14200
15200
14690.98
JPY
50
100
74.92
Kurs 14.08.2026 11:10:00 holatiga amal qiladi
1285, +998 55 503-63-63
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
MENING BANKIM
Mavrid

E’TIROZLAR ISBOTINI TOPMADI

557
Yangilash: 5 May 2023, 09:38
Image

Joriy yilning 4-may kuni Bankir kundaligi telegram kanalida “Mikrokreditbank” ATB Qashqadaryo mintaqaviy filiali faoliyati bilan bog‘liq ikkita murojaat e’lon qilindi.

Jumladan, bankning Qamashi filiali mijozi fuqaro M.J. tomorqasidagi 3 sotix yerga issiqxona qurish uchun bankdan 21 mln. so‘m kredit rasmiylashtirgani va ushbu mablag‘ ta’minotchi “Qamashi tomorqa xizmati” MChJga o‘tkazib berilgani, ammo ushbu ta`minotchi 1,6 sotix yerga issiqxona qurib, qolgan 1,4 sotix qismiga qurilishni yakuniga yetkazmagan bo‘lsada, bank xodimlari bitmagan issiqxonani ko‘rmasdan turib monitoring qilganligini iddao qilgan. 

Mazkur murojjat bank mutaxassislari tomonidan o‘rganilganda, haqiqatan ham, “Mikrokreditbank” ATB Qamashi filiali mijozi fuqaro M.J.ga 2020-yil 11-noyabr kuni №706-sonli kredit shartnomasiga ko‘ra, PQ-4498 sonli qarorga asosan 36 oy muddatga 14 foiz ustama haqi to‘lash sharti bilan issiqxona qurish uchun 21 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Kredit mablag‘i to‘liq holda fuqaroning rozilik xatiga asosan, 2020-yil 12-noyabr kuni “Qamashi tomorqa xizmati MChJ”ning hisob raqamiga o‘tkazilgan. 

Shuningdek, fuqaro M.J. 2021-yil 11-avgustdagi hamda uning onasi M.O.ning 2021-yil 9-avgustdagi tushuntirish xatlarida ta’minotchi korxona bir qator kamchiliklarni bartaraf etgani, hech qanday e’tirozlari yo‘qligini bayon qilishgan. Bu haqda asosli hujjatlar bankda mavjud. 

Ayni paytda murojaat qilgan fuqaroning bank oldidagi jami kredit qarzdorligi 23 160 000 so‘mni, shundan bugungi kunda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi 5 600 000 so‘mni, muddati o‘tgan foiz qarzdorligi esa 4 260 000 so‘mni tashkil etmoqda. 

Qisqacha aytganda, bank tomonidan mijozga amaldagi tartib va qoidalar asosida kredit ajratilgan, biroq mijoz turli bahona va vajlarni ko‘rsatib, kredit qarzdorligini o‘z vaqtida to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. 

Murojaatda keltirilgan ikkinchi fuqaro X.J.ga tegishli shikoyatda kelini M.O. 2023-yil fevral oyidan buyon Mikrokreditbankning Shahrisabz tuman filialidan imtiyozli 14 foizli kredit ololmayotgani, kam ta’minlangan oila yagona ijtimoiy reestr ro‘yxatida turishi qayd etilgan. 

Ushbu murojaat ham tegishli mutaxassislar tomonidan o‘rganilganda, joriy yilning 13-mart kuni X.J (M.O.ning qaynotasi, shikoyatni ham ushbu fuqaro yozgan) rafiqasi M.X.ning nomiga oilaviy tadbirkorlik platformasi orqali jami 33 mln so‘mlik 10 dona qo‘y va 800 kg arpa olish uchun dalolatnoma tashlangani hamda bank mijozning kredit hujjatlarini o‘rganib, 2023-yil 16-mart kuni kredit ajratgani aniqlandi. 

 Murojaatchi X.J. shu yilning 18-aprel kuni kelini M.O.ning nomidan yana jami 33 000 000 so’mlik 10 dona qo’y va bu safar 6000 kg arpa olish uchun 31-sonli dalolatnoma kiritgan. Bu esa bank xodimlari tomonidan shubha uyg‘onishiga sabab bo‘lib, ta’minotchi korxona “KIFTI-OB TAMARKA XIZMATI” MCHJning yuk xatiga asosan joyiga chiqib o‘rganilganda X.J. oldin rafiqasi M.X.ning nomiga ajratilgan kredit evaziga olingan qo‘ylarni bu safar kelinining krediti evaziga olinishi kerak bo‘lgan qo‘ylar o‘rniga ko‘rsatgani ma'lum bo‘ladi. 

 Oqibatda ushbu kredit bank xodimlari tomonidan maqsadsiz sifatida baholanib, dalolatnoma tuzilgan hamda oilaviy tadbirkorlik platformasi orqali kredit ajratish bekor qilingan. 

 Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

14 Avgust 2026

Dam olish kunlari ham ishlaymiz!

15 va 16-avgust (shanba va yakshanba) kunlari ayrim navbatchi bank ofislari va xizmat ko‘rsatish markazlari ishlaydi.
12 Avgust 2026

Jamoatchilik eshituvi: 6 oyda 2 750 nafar xodim o‘qitildi, 67 ta xizmat tekshiruvi o‘tkazildi

2026-yil may oyida Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti tarkibida Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xaridlar ustidan nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi.

12 Avgust 2026

MKBANK ilk bor S&P Global Ratings xalqaro kredit reytingini oldi

Bankka “BB-” darajasidagi uzoq muddatli kredit reytingi “Barqaror” (Stable) prognozi bilan berildi

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X