Shrift o‘lchami:
A A A
Masshtab:
A A A A
Rang: C C
Rasmlar: Yoqish O‘chirish
Saytning to‘liq versiyasi
MENING BANKIM
Mavrid

Faktoring xizmatlari rivojlanmoqda

200
Yangilash: 28 Aprel 2025, 19:27
Image
Faktoring xizmatlari rivojlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-aprelda qabul qilingan “Faktoring xizmatlari bozorini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, kichik va oʻrta biznes subyektlari faoliyatining uzluksizligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Mikrokreditbank tizimida ham qator yangiliklar joriy etildi. 

Jumladan, kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun “Faktoring xizmat koʻrsatish moduli” ishlab chiqildi. Mazkur modul 6 oygacha boʻlgan muddatda, xizmat muddatiga qarab 2 foizdan 12 foizgacha diskont stavkasi bilan faktoring xizmatlarini koʻrsatish imkonini beradi. 

Bundan tashqari, eksport va import operatsiyalari uchun chet el valyutasida faktoring xizmatlari moduli joriy qilindi. Ushbu xizmat turi kichik va oʻrta biznes subyektlariga 6 oygacha boʻlgan muddatda, AQSH dollari va Yevroda muddatiga qarab 1,3 foizdan 7,8 foizgacha diskont stavkada moliyaviy qoʻllab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etmoqda. 

Yaqinda bank tomonidan parrandachilik sohasi uchun maxsus “Parranda faktoring” moduli yoʻlga qoʻyildi. Bu modul Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qarorining 2.b-bandi ijrosi doirasida ajratilgan 50 milliard soʻm mablagʻ hisobidan parrandachilikning goʻsht va tuxum yoʻnalishlarini kooperatsiya asosida rivojlantirish hamda aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan. Mazkur modul orqali Mikrokreditbankda 6 oygacha boʻlgan muddatda, muddatiga qarab 1 foizdan 7 foizgacha diskont bilan imtiyozli moliyaviy xizmatlar taqdim etilmoqda. 

Natijalarga koʻra, 2024-yil davomida tadbirkorlik subyektlariga 42,2 milliard soʻm miqdorida, joriy yilning oʻtgan davrida esa 41 milliard soʻmdan ortiq moliyaviy xizmatlar taqdim etildi. 

Xulosa qilib aytish mumkinki, Mikrokreditbank tomonidan joriy qilingan faktoring xizmatlari modullari kichik va oʻrta biznes subyektlari uchun yangi moliyaviy imkoniyatlarni yaratdi. Bu esa tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini taʼminlash borasida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. 

Bank Axborot xizmati



Yana ko‘ring

16 Aprel 2026

Rahbar va yoshlar uchrashuvi: tibbiyot muassasasida

Uchrashuvda 10 dan ortiq "HealthTech" yo‘nalishidagi istiqbolli startup loyihalari taqdimoti o‘tkazildi
16 Aprel 2026

Korporativ bank kartalari: tezkorlik, shaffoflik va qulay boshqaruv

MKBANKdan korporativ karta xaridi yanada qulay
15 Aprel 2026

UPT orqali pul o‘tkazmalarini qabul qilish yanada soddalashdi

Endi UPT orqali yuborilgan mablag‘ni bankka bormasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri MAVRID ilovasi orqali oling

Soʻrov

Ishonch telefoni xizmat ko'rsatish sifatini baholang
Omonat ochish — oson!
MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Omonat ochish — oson!
Omonat ochish — oson!
Bepul o‘tkazmalar
5 million so‘mgacha o‘tkazmalar — to‘liq bepul!
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Bepul o‘tkazmalar
Bepul o‘tkazmalar
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Tez va oson! MAVRID ilovasini hoziroq yuklab oling.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn Mikroqarz "Ommabop"
Onlayn ta'lim krediti
O‘qishni kechiktirmang — hoziroq boshlang.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Onlayn ta'lim krediti
Onlayn ta'lim krediti
Virtual kartalar
Virtual kartalar MAVRID ilovasida. Telefoningiz — hamyoningiz.
Mavrid ilovasini sizga qulay bo‘lgan servis orqali o‘rnating:
Virtual kartalar
Virtual kartalar
Asosiy Xarita bo‘yicha
Biz bilan bog’lanish
Yagona telefon-markazi
Ish tartibi: Dushanba-Juma 08:00-20:00, Shanba-Yakshanba 09:00-18:00
Ishonch telefoni
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Barcha aloqalar
Korrupsiyaga qarshi nazorat departamenti ishonch raqami
(Ichki raqam: 1265)
Ish tartibi: DU-JU 09:00-18:00
Mobil ilova
Mobil ilova

Ilovasi yordamida barcha bank xizmatlaridan 24/7 foydalaning — uydan chiqmasdan, tez, qulay va ishonchli tarzda!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosingPowered by X